Moliya bozori



Yüklə 392,39 Kb.
səhifə100/179
tarix16.10.2023
ölçüsü392,39 Kb.
#156277
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   179
3-176 Moliya bozori

131




chiqarilishini ko'zda tutadi. 0‘zbekistorfda 1991-yildan boshlab «O'zsanoatqurilishbank», «O'zagroprombank», «0‘zinbank», «Turonbank», «Ipak yo'li» bank! birinchilardan bo‘lib o‘z aksiya- larini muomalaga chiqara boshladi. 0‘sha davr emissiyasining o'ziga xos xususiyatlaridan biri shundan iborat ediki, banklaming e’lon qilingan ustav kapitali bir nccha yillar davomida real shakllan- ganidan ancha yuqori bo'lar edi, bank aksiyadorlari csa, awa- lambor, ularning mijozlari bo'lgan edi.
Har bir bank emissiya siyosati (qimmatli qog'ozlami chiqarish) to‘g‘risida ishlab chiqilgan va Bank kengashi tomonidan tasdiqlangan Nizomiga ega bo‘lishi kerak, unda majburiy tartibda quyidagi masa- lalar aks ettirilgan bo'lishi lozim:

  • bank emissiya faoliyatining strategiyasi va maqsadlari (ustav kapitalini shakllantirish, likvidlikni qo'llab-quwatlash, qarz mablag*- larini jalb etish);

  • bank tomonidan chiqarilishi rejalashtirilayotgan qimmatli qog'ozlar turi va xillari, emissiya muddatlari;

  • qimmatli qog'ozlar likvidliligi va aylanishini qo'llab-quv- vatlash; "

  • qarz majburiyatlarining o'z yilida to'lanishini ta’minlash.

Tijorat banklarining o'z aksiyalarini chiqarish va ularni ochiq bozorda joylashtirishdan manfaatdorligi birqancha shart-sharoitlar bilan izohlanadi. Eng awalo, bu — bank passivlarini shakllantirish zaruriyatidir. O'z kapitallarini doimiy ravishda qadrsizlantirib turadigan inflatsiya, banklaming uzoq muddatli depozitlami jalb etish imkoniyatidan mahrum qiladi. Shu sababli nisbatan uzoq muddatli qo'yilmalarni amalga oshirish uchun banklar o'sib bora- yotgan miqdorlarda o'z kapitalidan foydalanishiga to'g'ri keladi.
Yana shuni qayd etish kerakki, tijorat banklari tomonidan ustav sarmoyasini ko'paytirish va qo'shimcha aksiyalami chiqarish, qayta tuzilmaviy o'zgarishlar qilish - aksiyadorlaming ulushini o'zgar- tirish uchun foydalaniladi. Nihoyat, ilgari qayd etilganidek, tijorat banki ustav sarmoyasining eng kichik miqdoriga qo'yiladigan talablar, shuningdek, tegishli tartibga solib turuvchi tashkilotlar (Vazirlar Mahkamasi, Markaziy bank) tomonidan banklar uchun belgilangan iqtisodiy me’yorlar mavjud bo'lib, ularga rioya etish shartdir.



Yüklə 392,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin