MDH davlatlarida tijorat banklari tomonidan qimmatli qog'oz- lami chiqarish tartibi, odatda, quyidagi bosqichlami o'z ichiga oladi: Emitent-bank tomonidan qimmatli qog'ozlar chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish. Qimmatli qog'ozlar chiqarish to'g'ri- sidagi qaror tegishli vakolatga ega bo'lgan bank boshqaruv organi tomonidan qabul qilinadi. Odatda, bu aksiyadorlaming umumiy majlisidir. Bunda bank o'zining so'nggi uch moliya yili davomida zarar ko'rmay ishlagan bo'lishi, oxirgi uch yil mobaynida amaldagi qonunchilikni buzganlik uchun davlat organlari tomonidan jazo olmagan bo'lishi, kreditorlarga muddatidan o'tgan qarzlari va budjetga to'lovlar bo'yicha qarzi bo'lmasligi kerak. Bankning ushbu talablarga javob berishini tasdiqlaydigan ma’lumotlar qimmatli qog'ozlar emissiyasi risolasida ko'rsatilgan bo'lishi kerak.
Qimmatli qog'ozlar emissiyasi risolasini tayyorlash. Qimmatli qog'ozlar emissiyasi risolasi bank boshqaruvi tomonidan tayyor- lanib, uning raisi va bosh buxgalteri tomonidan imzolanadi. Emissiya risolasida bank, uning moliyaviy ahvoli hamda bo'lg'usi qimmatli qog'ozlami chiqarish to'g'risidagi ma’lumotlar (qimmatli qog'ozlar to'g'risida umumiy ma’lumotlar, ulami tarqatish shartlari va tartibi, qimmatli qog'ozlami chiqarish hisob-kitobi shartlariga oid ma’lumotlar, qimmatli qog'ozlar bo'yicha dividendlar yoki foizlami olishga tegishli ma’lumotlar) aks ettiriladi.
Qimmatli qog'ozlar va emissiya risolasini chiqarishni ro'yxatdan o'tkazish. Ushbu operatsiyani emitent-bank qonun- chilikda belgilangan tartibda vakolatli davlat organida amalga oshiradi.
Emissiya risolasini nashr etish va qimmatli qog'ozlar chiqarish to‘g'risidagi xabami ommaviy axborot vositalarida chop etish.Buning uchun emitent-bank, odatda, risolani alohida broshura shaklida, ko'pchilik xaridorlami xabardor qilish uchun yetarlicha miqdorda nashr ettiradi.
Qimmatliqog'ozlamisotish. Emitent-bank qimmatli qog'ozlami chiqarishni ro'yxatdan o'tkazib, emissiya risolasi va qimmatli qog'ozlami chiqarish to'g'risidagi xabami tarqatganidan keyingina ulami sotishni boshlashi mumkin. Emissiya risolasi ro'yxatdan o'tkazilmaguniga qadar o'z qimmatli qog'ozlarini reklama qilish man etiladi. Aksiyalami joylashtirish xaridor bilan tuzilgan muayyan