Moliya bozori



Yüklə 392,39 Kb.
səhifə97/179
tarix16.10.2023
ölçüsü392,39 Kb.
#156277
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   179
3-176 Moliya bozori

127




Banklaming qimmatli qog'ozlar bozorida tutgan o'mi turli davlatlarda turlichadir. AQSHda banklaming qimmatli qog'ozlar bozorida to'g'ridan to‘g‘ri operatsiyalami amalga oshirishi va fond birjalariga a’zo bo'lishi taqiqlangan. 1933-yilgi qonunga muvofiq, tijorat banklari sanoat kompaniyalari aksiyalari va obligatsiyalarini chiqarishni tashkil etishda qatnasha olmaydi. Banklar o‘z mablag'- larini sanoat kompaniyalari aksiyalariga investitsiya qilishi man etilgan bo'lib, qarz oluvchi mijozning to'lovga noqobilligi bilan bog'liq bo'lgan yo'qotishlaming oldini olish maqsadida qilinadigan investitsiyalar bundan mustasno. Ammo ushbu taqiq banklar tomonidan katta hajmlardagi trast operatsiyalarini bajarish (qim­matli qog'ozlami mijozlarning topshiriqlari bo'yicha boshqarish) bilan qoplanadi, mazkur amcrikacha o'ziga xoslik banklar sanoat kompaniyalari aksiyalariga amalda egalik qilishini ko'zda tutadi, qonun banklarga davlat qimmatli qog'ozlari, munitsipal obliga- tsiyalami chiqarish, turli idoralar va xalqaro tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan qarz majburiyatlarini tashkil etish, shuningdek, mijozlar hisobidan va ulaming topshirig'iga ko‘ra, qimmatli qog'oz­lami sotib olish hamda sotish bo'yicha ayrim vositachilik (brokerlik) funksiyalarini bajarish uchun ruxsat beradi.
Bir qancha davlatlar qonunchiligida (Yaponiya, Buyuk Brita- niya, Kanada, Fransiya) so'nggi yillargacha banklarga fond birjalari ishida bevosita qatnashish man etilar edi. Biroq, hozirgi paytda ushbu mamlakatlar qonunchiligida banklaming birjalarda ishtirok etish imkoniyatini beradigan jiddiy o'zgarishlar kuzatil- moqda.
Buning aksi sifatida qimmatli qog'ozlar bilan amalga oshirila­digan operatsiyalarda banklaming faol qatnashishiga Germaniya misol bo'la oladi, bu yerda faqat tijorat banklariga qimmatli qog'ozlar bilan barcha turdagi operatsiyalami amalga oshirish uchun ruxsat berilgan. Germaniyada sof ko'rinishdagi brokerlik firmalari yo'q. Odatda, investitsiya institutlari amalga oshiradigan barcha vazifalami Germaniyada banklar bajaradi. Bu yerda banklar eng ko'p miqdorda obligatsiyalar chiqaradi, ular eng yirik sarmoyadorlar hisoblanadi, davlat qimmatli qog'ozlarining anderrayterlari sifatida chiqadi. Banklar, shuningdek, mijozlarning hisobidan va ulaming topshirig'i bo'yicha hamda o'z shaxsiy hisobidan bitimlami amalga oshirar ekan, fond bozorida vositachilik operatsiyalarini ham bajaradi.



Yüklə 392,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin