va shunday qaror qabul qilingan kundan e’tiboran 60 kundan kech bo’lmasligi lozim. Oraliq dividendlar to’lash sanasi jamiyat kuzatuv kengashining oraliq dividendlar to’lash to’g’risidagi qarori bilan belgilanadi, biroq ana shunday qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kamida 30 kun o’tishi kerak. Dividendlaming har bir to’lovi uchun jamiyatning kuzatuv kengashi dividend olish huquqiga ega bo’lgan shaxslaming ro’yxatini tuzadi. Oraliq dividendlami olish huquqiga ega bo’lgan shaxslar ro’yxatiga jamiyat kuzatuv kengashi dividendlar to’lash to’g’risida qaror qabul qilgan kundan kamida 30 kun oldin jamiyat aksiya- dorlari reyestriga kiritilgan aksiyadorlar va aksiyalaming nominal saqlovchilari, yillik dividendlar olish huquqiga ega bo’lgan shaxslar ro’yxatiga esa aksiyadorlaming umumiy yillik yig’ Hishida qatnashish huquqiga ega bo’lgan shaxslar ro'yxati tuziladigan kungacha jamiyat aksiyadorlari reyestriga kiritilgan aksiyadorlar va aksiyalaming nominal saqlovchilari kiritilishi lozim. Dividendlar to’lash vaqtida birinchi navbatda imtiyozli aksiyalar bo’yicha, so’ngra oddiy aksiyalar bo’yicha dividendlar to’lanadi. Imtiyozli aksiyalar bo’yicha qat’iy belgilangan dividendlami to’lash uchun yetarli miqdorda ibyda mavjud bo’lgan taqdirda jamiyat mazkur aksiyalami saqlovchilarga dividendlar to’lashni rad etishga haqli emas. Jamiyat rad etgan taqdirda aksiyadorlar dividendlar to’lashni sud orqali talab qilishlari mumkin. Jamiyat yetarli miqdorda foydaga ega bo’lmasa yoki zarar ko’rib ishlagan bo’lsa, imtiyozli aksiyalar bo’yicha dividendlar ana shu maqsad uchun tashkil etilgan jamiyat zaxira fondi hisobidan va ana shu fond doirasidagina to’lanishi mumkin. Egasi yoki uning qonuniy huquqiy vorisi yoxud merosxo’ri da’vo qilish uchun belgilangan muddatda talab qilib olmagan dividend aksiyadorlaming umumiy yig’ilishi qaroriga binoan, jamiyat ixtiyorida qoladi. Davlat tomonidan vakolat berilgan organ O’zbekiston Respub- likasining norezident aksiyadorlari xohishiga binoan, belgilab qo’yilgan tartibda ular olgan dividendlami ana shu dividendlar hisoblab chiqarilgan sanada amalda bo’lgan kurs qiymati bo’yicha erkin almashtiriladigan valutaga ayirboshlab berishi shart. Aksiyadorlar reyestridan olingan, emitent tomonidan tasdiqlangan ko’chirmalar hamda to’langan dividendlar summasi va ular yozil- gan sana to’g’risida aksiyadorlar jamiyati buxgalteriyasi bergan ma’lumotnoma ayirboshlash uchun asos bo’ladi. Aksiyadorlar