Moliya bozori


Dividendlar va ulami to'lash tartibi



Yüklə 392,39 Kb.
səhifə92/179
tarix16.10.2023
ölçüsü392,39 Kb.
#156277
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   179
3-176 Moliya bozori

121


Dividendlar va ulami to'lash tartibi




Dividend foydaning soliqlar va majburiy to'lovlar to'langa- nidan, qayta investitsiya amalga oshirilganidan so'ng aksiyadorlar jamiyati ixtiyorida qoladigan, aksiyadorlar o'rtasida taqsimlanishi kerak bo'lgan qismi. Jamiyat aksiyalaming har bir turi bo'yicha e’lon qilingan dividendlami to'lashi shart. Aksiyadorlar jamiyatining umumiy yig'ilishi qaroriga binoan, dividend pul mablag'lari yoki boshqa qonuniy to‘lov vositalari bilan to'lanishi mumkin. Dividend aksiyadorlar o'rtasida ularga tegishli aksiyalaming soni va turiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Jamiyat yilning har choragida, har yarim yilda yoki yiliga bir marta joylashtirilgan aksiyalar bo'yicha dividendlar to'lash to'g'ri- sida, agar ushbu Qonun va jamiyat ustavida o'zgacha qoida belgilan- magan bo'lsa, qaror qabul qilishga (e’lon qilishga) haqlidir.
Aksiyalaming har bir turi bo'yicha oraliq dividendlar (yilning har bir choragi bo'yicha, yarim yillik dividendlar) to'lash, dividend miqdori va uni to'lash shakli to'g'risidagi qaror jamiyatning kuza- tuv kengashi tomonidan qabul qilinadi. Aksiyalaming har bir turi bo'yicha yillik dividendlar to'lash, dividendning miqdori hamda uni to'lash shakli to'g'risidagi qaror jamiyat kuzatuv kengashining tavsiyasi asosida aksiyadorlar umumiy yig'ilishi tomonidan qabul qilinadi. Yillik dividendlarning miqdori jamiyat kuzatuv kengashi tavsiya etgan miqdordan ko'p va to'langan oraliq dividendlardan kam bo'lishi mumkin emas.
Aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi aksiyalaming muayyan turlari bo'yicha dividend to'lamaslik to'g'risida, shuningdek, imtiyozli aksiyalar bo'yicha to'liq bo'lmagan miqdorda dividendlar to'lash haqida qaror qabul qilishga haqli, bunday aksiyalar bo'yicha dividend miqdori ustavda belgilab qo'yiladi. Agar oraliq dividendlar to'lash oqibatida aksiyadorlar jamiyatining moliya-xo'jalik ahvoli jiddiy tarzda yomonlashadigan bo‘Isa, oraliq dividendlar to'lash taqiqlanadi.
Dividendlar jamiyatning joriy yildagi sof foydasidan to'lanadi. Muayyan turdagi imtiyozli aksiyalar bo'yicha dividendlar jamiyat­ning maxsus mo'ljallangan fondlari hisobidan to'lanishi mumkin.
Yillik dividendlami to'lash sanasi jamiyat ustavi yoki aksiya­dorlar umumiy yig'ilishi chiqargan qaror bilan belgilab qo'yiladi



Yüklə 392,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin