Bankning qimmatli qog'ozlar portfeliga oid ichki hisoboti qim- matli qog'ozlaming turi va xillari, sifat tasnifi, nominal va bozor qiymati (narxi), sotib olish va sotish sanasi, foiz stavkasi, chegir- masi, olingan dividendlar yoki foizlar, oldi-sotdi bitimlar foydasi bo'yicha qismlarga bo'lingan bo'lishi kerak. Bunday hisobot investitsion qimmatli qog'ozlar bo'yicha, shuningdek, olish-sotish uchun mo'ljallangan qimmatli qog'ozlar bo'yicha ham muntazam ravishda tayyorlanishi zarur. Har bir bank, yuqorida qayd etilganidek, ichki hujjat sifatida bank kengashi tomonidan tasdiqlangan investitsiya siyosati to'g'risidagi Nizomiga ega bo'lishi va unda majburiy tartibda quyidagi masalalar aks ettirilishi shart:
bankning investitsion strategiyasi va maqsadi (foyda olish, emitentni boshqarishda ishtirok etish, likvidlikni quwatlash, garov talablariga muvofiq);
bank investitsiya mablag'lari qo'yishni rejalashtirayotgan qimmatli qog'ozlaming turi va xillari hamda investitsiyalar muddatlari;
bankning emitentlar va tarmoqlar bo'yicha aksiyalarbir joyda to'planishini cheklash, qimmatli qog'ozlatga qo'yilmalarning xatar- sizligi va ulaming sifatini baholash, emitent-korxonalaming moliya- viy ahvoli hamda boshqaruv tajribasini baholash, investitsiyalar diversifikatsiyasini qanday usullar vositasida amalga oshirish bo'yicha rejalari.
Bundan tashqari, investitsiya faoliyatini amalga oshirish yilida Markaziy bank tomonidan barcha tijorat banklariga emitentning umumiy pasport ma’lumotlari qayd etiladigan «Qimmatli qog'ozlar emitenti anketasi (so'rovnomasi)» maxsus shakli, shuningdek, uning moliyaviy ahvoli (qoplash koeffitsiyenti, likvidliligi, alohida- ligi, kredit qobiliyati bo'yicha sinfi, ssudalar bo'yicha qarzdorligi va h.k.)dan foydalanish tavsiya etilgan. So'rovnomalar davriy ravishda yangilanib turilishi kerak. 8.3. Tijorat banklari investitsiya muassasalari sifatida Bu vazifalar banklarga juda azaldan berilgan va mustahkamlanib, hozirgi vaqtda ham saqlanib qolgan. O'zbekiston fond bozori shakllanishi davri (1991-1994-yillar)da ko'pgina tijorat banklari ayni mana shu vazifaga katta e’tibor berishgan. Banklar brokerlik