142
boradi, qimmatli qog'ozlar oldi-sotdisini amalga oshiradi, ulaming sug'urtasini rasmiylashtiradi va h.k.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarda trast operatsiyalarini olib borishga katta ahamiyat beriladi. AQSHda, masalan, 1939-yili shartnoma trastlar to‘g‘risida maxsus qonun qabul qilingan bo'lib, u qimmatli qog'ozlar va fond biijalari komissiyasiga trast o'zaro munosabatlami tartibga solish sohasida keng vakolatlar berdi.
Aksiyadorlar reyestri (ro‘yxati)ni yuritish. Odatda, bunday xizmatdan ko'p sonli aksiyadorlari bo'lib, bank mijozlaridan hisob- langan aksiyadorlik jamiyatlari foydalanadi. Aksiyadorlaming reyestrini yuritib, bank aksiyadorlik jamiyati qatnashchilarining tarkibi, unda kuchlaming joylashishi, aksiyalar harakati va h.k. to'g'risida axborot oladi. Rossiya Federatsiyasida aksiyadorlar reyestrini yuritish bo'yicha bank xizmatlaridan asosan xususiylash- tirish natijasida tuzilgan aksiyadorlik jamiyatlari foydalanadi. Bunda banklar bevosita reyestmi shakllantiradi, undagi o'zgarishlami qayd etib boradi, reyestrlardan ko'chirma beradi, aksiyadorlar tarkibi to'g'risida turlicha hisobotlar hamda hisoblab yozilgan dividendlar bo'yicha ro'yxatlar beradi.
Hozirgi yilda qimmatli qog'ozlar bilan operatsiyalami amalga oshiradigan banklar bilan bank bo'lmagan investitsiya muassasalari o'rtasida raqobatning kuchayib borayotgani kuzatilmoqda. Bunda banklar o'zlarining huquqlari, moliyaviy bazasi, aktivlari diversi- fikatsiyasi, kadrlar tarkibi va moddiy ta’minoti jihatidan bank bo'lmagan investitsiya muassasalari oldida ulkan afzalliklarga egadir.
TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR
Bank; aktiv operatsiyalar; passiv operatsiyalar; diversifikatsiya; investitsiya portfeli; portfel siyosati; anderrayterlik faoliyati; dividend siyosati; agressiv siyosat; konservativ siyosat; spekulativ portfel; revolvatsiya; devalvatsiya.
Dostları ilə paylaş: |