9-chizma. «Toshkent» Respublika fond biijasining tashkiliy tuzilmasi.
153
boshqaruvning oliy organi hisoblanadi, bu faqat investitsiya muas- sasalari bo'lishi mumkin. Aksiyadorlaming umumiy yig'ilishlari oralig'idagi davrda birjani boshqarish bilan Kuzatuv kcngashi shu- g'ullanadi. Kengashning a’zolari aksiyadorlaming umumiy yig'ilishi tomonidan saylanadi. Birjaning joriy faoliyatini boshqarishni birja a’zolaridan tarkib topgan boshqaruv amalga oshiradi, unga rais boshchilik qiladi. Boshqaruv faoliyatini tekshiruvchi organ Taftish komissiyasi bo'lib, uning xulosalarisiz aksiyadorlaming umumiy yig'ilishi boshqaruvning yillik hisobotini tasdiqlash huquqiga ega emas. «Toshkent» RFBning barcha funksional bo'linmalarini ikki guruhga bo'lish mumkin. Birinchi guruh — bu oddiy korxonalatga xos bo'linmalardir. Bunga quyidagilar kiradi: ishlar boshqarmasi, biijaga to'lanishi lozim bo'lgan yig'imlar va to'lovlaming kelib tushishini nazorat qiluvchi hisob-kitob to'lovining moliya boshqarmasi, huquqiy boshqarma, nashriyot xizmati, ommaviy axborot vositalari bilan ishlash xizmati va tashqi aloqalar xizmati bilan axborot boshqarmasi. Mazkur bo'linmalaming vazifalari barchaga ma’lum, ya’ni istalgan boshqa xo'jalik yurituvchi subyektlaming vazifalari bilan bir xil. Ikkinchi guruh — bu muayyan birja xusu- siyatlariga ega bo'lgan faqat fond biijalariga xos bo'lgan bo'linmalar. Ularga quyidagilar kiradi: savdolarni tayyorlash va o'tkazish boshqarmasi, u savdolarni tashkil etishga doir amalga oshiriladigan butun chora-tadbirlar majmuasiga brokerlami tenglashtirishdan tortib, to ular tomonidan bitimlar tuzish va tegishli hujjatlami rasmiylashtirish bo'yicha operatsiyalaming to'liq tugallanishigacha javob beradi. Unga quyidagilar kiradi:
savdolarni tayyorlash va o'tkazish xizmati, u savdolarni tayyorlash, tashkil etish va o'tkazish ishlarining to'liq jarayonini, ya’ni brokerlardan qimmatli qog'ozlar oldi-sotdisiga doir talabnoma- lami qabul qilishdan tortib, to maxsus dasturiy-texnik savdo maj- muasi yordamida o'tkaziladigan savdolarga xizmat ko'rsatish ish- larini amalga oshiradi;
bitimlami ro'yxatga olish va rasmiylashtirish xizmati, u birjada tuzilgan bitimlami ro'yxatga olish, savdo tadbirlarining yakunlovchi bosqichida ularning rasmiylashtirish ishlarini amalga oshiradi;