Biroq, o'sha yili bu biija ancha nomdor bo'lgan tijorat tuzilmalari katta miqdorining asosiy ta’sischisi bo'lib, bir necha yirik vazirliklar va idoralar biijaning muassisi edi. Bu birjalar to‘g‘risidagi yangi Qonunga zid keldi. 1992-yilning oxirida «Toshkent» biijasi «O'zbek- invest» - O'zbekiston moliya-investitsiya kompaniyasi» aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi va u yangi biija - «Toshkent» O'zbekiston Respublikasi tovar-fond biijasi» mas’uliyati cheklangan jamiyatning muassisi bo'lib qatnashdi. Yangi biijaning tarkibida Fond bo'limi tashkil etilib, bu bo'lim tashkiliy-me’yoriy jihatdan hech bir o'zga- rishlarga duch kelmadi. Yangi biija amaldagi qonunchilikning barcha talablariga javob berdi. Ta’sis hujjatlarining shartlariga ko‘ra, eski biijaning barcha a’zolari to‘g‘ridan to‘g‘ri yangi biijaning a’zolari maqomini oldi. Fond bo'limining «solnoma»sida quvonchli va ayanchli sahifa- larni uchratish mumkin. Biroq, O'zbekiston qimmatli qog'ozlar bozorining tarixidan u joy oldi, chunk! O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil yanvardagi Farmoniga muvofiq, 1994-yil 8-aprelda uning negizida uning nomini, awalgi belgisini - bir o'rkachli tuya (matonatlilik va chidamlilik ramzi), fond biijalari faoliyat ko'rsatishining mumtoz tamoyillariga asoslangan opera- tsiyalami amalga oshirish qoidalariga amal qilish an’analarini saqlab qolgan «Toshkent» Respublika fond bijasi tashkil etildi. O'z faoliyatining dastlabki kunlaridan boshlab, biija tarmoq dasturiy mahsulotlarini yaratishga ixtisoslashtirilgan tashkilotlami jalb etish bilan savdolaming elektron biija tizimini barpo etish, shuningdek, aksiyalashtirish va aksiyalami xarid qilish orqali mablag'lami milliy iqtisodiyotga investitsiya qilishni tashviq etish bo'yicha faol ishlami boshlab yubordi. Barcha fond biijalarida bo'lgani kabi, savdolarda ishtirok etish uchun faqat Moliya vazirligining qimmatli qog'ozlar bilan opera- tsiyalami amalga oshirish huquqini beruvchi maxsus litsenziyasiga ega bo'lgan biija a’zolariga ruxsat etildi. Faoliyatining dastlabki yilida «Toshkent» RFB o'z qo'l ostiga 250 nafar a’zolami, shu jumladan, AQSH, Germaniya, Rossiya, Pokiston davlatlarining vakillarini birlashtirdi, ulaming deyarli to'rtdan bir qismini xususiy shaxslar tashkil etdi. Biija a’zoligiga kirish shartlari brokerlik joyining sotib olinishini va muntazam a’tolik badallarining to'lanishini nazarda tutdi.
149
Qimmatli qog'ozlar bilan operatsiyalar qilish qoidalarida savdolarda biijada ro'yxatga olingan har bir brokerlik idorasidan uning to'rt vakili ishtirok etishiga ruxsat berildi, ushbu vakillardan ikkitasi bitimlarni tuzishda imzo chekish huquqiga ega edi. Sarmoyadorlar va jamoatchilik narxlar kotirovkasi to‘g‘risidagi axborotni informatsion lavha va birja axborot byulletenlari yordamida olishi mumkin edi. Umumiy va maxsus birja xizmatlaridan tashqari, fond birjasi doirasida malaka, ekspert, kotirovka, nizolar bo'yicha komissiyalar va makleriat faoliyat ko'rsatdi. Malaka komissiyasi brokerlarning malakasini va ularga qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar o‘tkazish uchun ruxsat etilishi mumkinligini belgilab berar edi. Kotirovka komissiyasi qimmatli qog'ozlar kotirovkasini o'tkazish bilan birga, biija axborot byulletenlarini tuzar edi. Nizolar bo'yicha komissiya esa, savdolar o'tkazilishi yilida yuzaga kelgan tortishuvlami, shuningdek, bitim tuzilganidan keyin, birja shart- nomalarining bajarilishi jarayonida sodir bo'lgan bahslami hal qilib berardi. Makleriat savdolarni tayyorlash, tashkil etislt va o'tkazish ishlarining bajarilishini ta’minlab turdi. O'sha yilda Ekspert komissiyasi alohida rol o'ynadi. Ya’ni, u aksiyalarga ekspert bahosini berish bilan birga, ulaming kotirovkaga va birja savdolariga kiritilishiga ruxsat etilishini amalga oshirdi. «Toshkent* Respublika fond birjasida savdolar o'tkazishning qoidalariga binoan, barcha emitentlaming moliyaviy-xo'jalik faoliyati va investitsion jozibadorligi puxta tahlil qilinib, uning natijalariga ko'ra, ekspert komissiyasi mazkur emitentning aksiyasini savdolarga taqdim etilgan qimmatli qog'ozlar ro'yxatiga kiritish yoki kiritmaslik haqida qaror qabul qilardi. Qimmatli qog'ozlar savdolariga ruxsat berish tadbiri quyidagi tarzda amalga oshirildi. Emitent birjaga uning qimmatli qog'ozlarini ro'yxatning ma’lum bo'limiga kiritish to'g'risidagi ariza bilan murojaat etib, ushbu arizaga listing bo'yicha komissiya uchun korxona faoliyati bilan tanishib chiqish va uning moliyaviy ahvolini baholash imkonini beruvchi hujjatlar to'plamini ilova qilardi. Listing bo'yicha komissiya tarkibiga birja a’zolarining vakillari, shuningdek, chetdan jalb etilgan buxgalterlik hisobi va moliyaviy-xo'jalik faoliyatini tahlil qilish, bank ishi, fond bozorini qonun jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspertlar kiritildi.