Moliya bozori



Yüklə 392,39 Kb.
səhifə118/179
tarix16.10.2023
ölçüsü392,39 Kb.
#156277
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   179
3-176 Moliya bozori

151




samaradorligining ko'rsatkichlari. Tahlil.qilish uchun kompyuter dasturi ishlab chiqilgan edi. Tahlil natijalariga ko'ra, «Toshkent» Respublika fond biijasining biija axborot byulleteniga kiritiladigan, «А» va «В» guruhidan joy olgan emitentlardan tarkib topgan aksiyadorlik jamiyatlarining ro'yxati tuzilib, bu ro'yxat «Бизнес- Вестник Востока» gazetasida har haftada e’lon qilinib borildi. Hoziigi kunda ushbu ma’lumotlami «Toshkent» RFBning maxsus sayti va «Biija» gazetalari e’lon qiladi.
1995-yilda «Toshkent» RFB Andijon, Samarkand, Buxoro shaharlarida, keyinchalik esa respublikaning boshqa viloyatlari markazlarida o'zining sho'ba bo'linmalari tarmoqlarini tashkil etdi. Bu bo'linmalar mintaqalarda biijaning manfaatlarini namoyon qilish, brokerlik joylarini mustaqil ravishda sotish va bitimlarning mahalliy ishtirokchilari tomonidan to'lanadigan vositachilik yig'imlaridan tushadigan daromadlaming bir qismiga egalik qilish huquqini qo'lga kiritishdi. 1995-yilning yozida birja savdolarini o'tkazish tizimi tubdan o'zgardi. Fond biijasining viloyatlardagi hududiy bo'linmalarining soni o'sishi munosabati bilan savdolar Toshkent shahridagi Markaziy telegrafda, buning uchun maxsus jihozlangan aniq yil mobaynidagi selektor so'zlashuvlar zalida, o'tkazila boshlandi. Selektor tizim tufayli savdolarda respublikaning deyarli barcha viloyatlari brokerlari ishtirok etishdi. Bunda birjaning mintaqaviy bo'linmalari mintaqadagi savdolar ishtirokchisining bitimni tuzish bo'yicha amaldagi harakatini tasdiqlovchi savdolar lashkilotchisi rolini bajardi.
1996-yilning mart—aprel oylarida «Toshkent» Respublika fond birjasi o'z joyini o'zgartirib, yangi binoda faoliyat ko'rsata boshladi. Ushbu yilga kelib, birja savdolarining elektron tizimini yaratish bo'yicha ishlar yakunlanib, 1996-yilning bahoridayoq biija uning mintaqaviy bo'linmalaridagi maydonchalarining terminallarini qo'shish bilan bevosita asosiy savdo zalidagi 84 ta terminaldan foydalangan holda aniq yil mobaynida savdolami o'tkaza boshladi.
9.3. «Toshkent» RFB bo‘)imlarining vazifalari
«Toshkent» Respublika fond birjasi ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilganligi tufayli uni boshqarish organlarining tarkibi o'ziga xos xususiyatga ega. Aksiyadorlaming umumiy yig'ilishi


152








Yüklə 392,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin