146
yoziga kelib, u tovar seksiyasida savdolarni o'tkaza boshladi, qat’iy davlat narxlarining belgilanishi amaliyotidan voz kechishni nazarda tutgan bozor munosabatlariga o'tish, har bir korxona qat’iy belgi- langan xomashyo yetkazib beruvchilar va mahsulot iste’molchilariga ega bo'lgan sobiq Ittifoq rejali iqtisodiyotining o‘sha davrda barbod bo‘la boshlaganligi xo‘jalik yurituvchi subyektlar 6‘zlari uchun eng ma’qul bo'lgan xomashyo yetkazib beruvchilar hamda mahsulot iste’molchilarini mustaqil ravishda topa oladigan yangi iqtisodiy vositani barpo qilish zaruratini keltirib chiqardi.
Tez orada yuz bergan sobiq Ittifoqning tarqab ketishi davlat tomonidan tartibga solinadigan muayyan qoidalar bo'yicha tashkil etilgan mustaqil ichki bozorni jadallik bilan yuzaga keltirishning maqsadga muvofiq ekanligini tasdiqladi. Dastlab birja mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida barpo etildi. Qator vazirliklar, idoralar, respublikaning yirik korxonalari uning ishtirokchilari bo‘lishdi. Birjaning ustav fondi 10 mln. rublni tashkil etdi. Biroq, 1991 -yil bahor oylarining oxiri va yoz oylarining boshida birja savdolarining shiddat bilan o‘sishi birja ustav sarmoyasining oshirilishi, uning ishtirokchilari tarkibining kengaytirilishi zaruratini keltirib chiqardi.
O‘sha yilning avgustida «0‘zbekiston tovar-xomashyo birjasi» mas’uliyati cheklangan jamiyat «Toshkent» O‘zbekiston Respub- likasi universal tovar-fond birjasi (qisqartirilgan nomi — «Toshkent» birjasijga aylantirildi va uning tarkibida qimmatli qog‘ozlar bozori- ning dastlabki rasmiy tashkiloti — Fond bo‘limi ochildi. Fond bo‘limi zimmasiga qimmatli qog‘ozlarning uyushgan bozorini tashkil etish (fond boyliklari bilan birja savdolarini tashkil qilish), birjaning brokerlik o'rinlarini sotish, birjaning ustav sarmoyasini shakllantirish maqsadida uning aksiyalarini joylashtirish vazifalari yuklatildi.
1991-yilning sentabrida Biznes milliy universiteti bazasida «Toshkent» birjasi «Aksiyalashtirish. Qimmatli qog'ozlar bilan operatsiyalar» maxsus o'quv kursini tashkil etdi. Savdo zalining fond seksiyasida ishlashni xohlovchi barcha brokerlar ushbu kursda o‘qishlari lozim edi. Bir yilning o‘zida Fond bo‘limining tarkibi shakllandi. Brokerlik joyining narxi 100 ming rublni tashkil etdi. O‘sha yilning kuz oylari mobaynida me’yoriy hujjatlar paketini ishlab chiqish bo‘yicha jiddiy ishlar olib borildi va bu ishlar
147
1992-yilning boshiga kelib tugatildi. O'sh® yilda «Toshkent» biijasi Fond bo'limi to'g'risida, brokerlik joyi to'g'risida, Fond bo'limi- ning a’zolari to'g'risida, ekspert, malaka, kotirovka, nizolar bo‘- yicha komissiyalar to'g'risida tasdiqlangan nizomlaiga va eng asosiysi, boshqa respublikalar, shuningdek, G'aibiy Yevropa davlatlari hamda AQSH fond bitjalari tajribalarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan qimmatli qog'ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish qoidalariga ega edi.
1992-yilning yanvarida «Toshkent» biijasining Fond bo‘limi respublikada birinchi bo'lib qimmatli qog'ozlar bilan muntazam savdolarini o'tkazishga kirishdi. O'sha yili «Toshkent» biijasi Fond bo'limining qimmatli qog'ozlar bilan operatsiyalar bo'yicha aylan- masi 26 mln niblni tashkil qildi. Bu Rossiyaning dongdor fond biijalarining xuddi shunday ko'rsatkichlari bilan taqqoslanadigan darajada edi. Savdolarga banklaming aksiyalari, turli biijalaming fond boyliklari toifasiga kiritiladigan brokerlik joylari, shuningdek, ishlab chiqarish tijorat yo'nalishidagi dastlabki aksiyadorlik jamiyatlarining paydo bo'la boshlagan aksiyalari qo'yildi. Fond bo'limi o'sha yilda qimmatli qog'ozlar bozori ishtirokchilarining faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlar bo'lmagan sharoitda va o'zi yaratgan qoidalar asosida ish olib bordi. Fond bozorining respublika miqyosidagi dastlabki yirik muassasasi bo'lgan Fond bo'limi, nafaqat dastlabki emitentlar va sarmoyadorlaming, balki Moliya vazirligining ham e’tiborini tortdi. Moliya vazirligi o'sha yil endigina fond bozoriga nisbatan o'z munosabatini belgilay boshlab, uni tartibga solishga urinib ko'rdi.
Ayni paytda biijalaming soni asta-sekin o'sib bordi. Ayrim ma’lumotlarga ko'ra, faqat O'zbekistonning o'zida 1992-yilning yoziga kelib, ulaming soni 36 taga yetdi. Respublikada qabul qilingan «Biijalar va biija faoliyati to‘g‘risida»gi Qonun biijalarga nisbatan zarur majburiy talablami belgilagan holda ulaming faoliyatiga sezilarli o'zgartirishlar kiritdi. Qonunga binoan, biijaning ustav fondi 50 mln.rubldan kam bo'lmasligi lozim edi. Biijalar hech qanaqa tijorat tuzilmalarini tashkil qilishi mumkin emas. Vazir- liklar, idoralar, davlat qo'mitalari va shu kabi tashkilotlar biijaning muassislari bo'la olishmaydi. Ustav sarmoyasining miqdoriga ko'ra, «Toshkent» biijasi qonunchilik talablariga javob berdi.
Dostları ilə paylaş: |