sining har xil turlari sifatida faoliyat yuritish uchun bir necha litsenziyalami berish yo'li bilan amalga oshiriladi. Investitsiya muassasalari sifatida yuridik va jismoniy shaxslar qatnashishi munikin. Yuridik shaxs hisoblangan investitsiya muassasalarining faoliyati litsenziyalanishi lozim. Investitsiya muassasalarining litsenziyalanishi ular faoliyatining davlat tomonidan nazorat qilinishini anglatadi. Qimmatli qog'ozlar bozoridagi har bir faoliyat turiga mazkur bozomi tartibga soluvchi organning muayyan litsenziyasi to'g'ri keladi. Jismoniy shaxslar qimmatli qog'ozlar bozorida investitsiya maslahatchisi va investitsiya vositachisi sifatida faoliyat ko‘rsatishi mumkin. Ushbu faoliyatni amalga oshirish uchun jismoniy shaxslar mahalliy hokimiyat idoralarida tadbirkorlar sifatida ro'yxatga olinishi hamda fond bozorini tartibga soluvchi organ tomonidan beriladigan malaka shahodatnomasiga va litsenziyaga ega bo‘lishi lozim. Malaka shahodatnomasi 3 yil muddatga beriladi. Investitsiya muassasalarining ikkinchi o'ziga xos xususiyati shundaki, ularni xodimlarining asosiy tarkibi, xususan:
investitsiya muassasalarining rahbarlari;
investitsiya muassasalarining qimmatli qog‘ozlar bilan investitsiya muassasasi nomidan bitimlar tuzishda bevosita ishtirok etuvchi, shuningdek, mijozlar bilan ishlovchi mutaxassislari fond bozorining ahvoli uchun mas’ul bo'lgan organda majburiy ravishda shahodatlashdan o'tishlari kerak.
Investitsiya muassasasida ishlovchi va qimmatli qog'ozlar bilan operatsiyalarni bajarishga doir hujjatlarga imzo chekish huquqiga ega bo'lgan shahodatlashdan o'tgan mutaxassislar kamida ikki xususiyatga ega bo'lishi zarur. Nihoyat, investitsiya muassasalarining uchinchi o'ziga xos xususiyati shuki, ularyetarli darajadagi o'z mablag'lariga ega bo'lishi lozim. O'z mablag'lari deganda ustav, qo'shimcha zaxira fondlari va bevosita foydadan tashkil topgan mablag'lar hajmi tushuniladi. Investitsiya muassasalarining muayyan turlari uchun belgilangan majburiy iqtisodiy me’yorlaming mohiyatini keyingi boblarda ко'rib chiqamiz. *
71
Yuqorida ta’kidlanganidek, 1996-yrtgacha 0‘zbekiston fond bozorida istalgan professional faoliyat turini amalga oshirish uchun qimmatli qog'ozlar bozorida vositachilik faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo'lishning o‘zi yetarli edi. Ayni paytga kelib, asosan, brokerlik, dilerlik, maslahat va depozitar (yagona, ammo yirik «VAQT» Milliy depozitariy doirasida) kabi faoliyat turlari rivoj topdi, bunda, ayniqsa, broker-dilerlik faoliyatini maslahat faoliyati bilan birga olib borish kuchli taraqqiy etdi. Quyida qimmatli qog'ozlar bozorida professional faoliyat bilan shug'ullanuvchi investitsiya muassasalari haqidagi ma’lumotni ko'rishimiz mumkin.