shart. Diler qimmatli qog'ozlar oldi-sotdi shartnomasini tuhshdan bo'yin tovlagan taqdirda, unga nisbatan shunday shartnoma tuzishga majbur qilish haqida va (yoki) mijozga yetkazilgan zararlaming o'mini qoplash to'g'risida da’vo qo‘zg‘atilishi mumkin. Yuridik shaxsni — investitsiya vositachisini tugatish faqat qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organi investitsiya vositachisi o'z mijozlariga tegishli bo'lgan qimmatli qog'ozlami qaytarganligini yozma ravishda tasdiqlaganidan keyin amalga oshirilishi mumkin. Broker quyidagi majburiyatlarga ega:
unga berilgan topshiriqni shaxsan o'zi bajarishi, agar shartno- mada boshqa narsa ko'zda lutilmagan bo'lsa yoki mijozning manfaat- larini himoyalash zarurati bilan bog'liq bo'lgan vaziyatlar tufayli boshqa narsa kelib chiqmasa;
mijozning talabiga ko'ra, unga topshiriqning bajarilish jarayoni haqida axborot berish;
mijozga topshiriqni bajarish borasida amalga oshirilgan bitimlar bo'yicha olingan barcha natijalami zudlik bilan topshirish;
topshiriq bajarilganidan keyin darhol mijozga amal qilish muddati tugallanmagan ishonch qog'ozini qaytarish va, agar shartnoma shartlari hamda topshiriqning xususiyatiga ko'ra talab etilsa, oqlovchi hujjatlar ilova qilingan hisobotni taqdim etish;
agar mijozning bitim narxini to'lashiga ishonch bo'lmasa, qimmatli qog'ozlami xarid qilish uchun topshiriq shartnomasini tuzmaslik;
agar mijoz haqiqatan ham ushbu qimmatli qog'ozlarga va ulami topshiriq berilgan yildan boshlab 5 ish kuni ichida investitsiya vositachisi ixtiyoriga topshirishining kafolati bo'lmasa, qimmatli qog'ozlami sotish uchun topshiriq shartnomasini tuzmaslik;
bitim bajarilganidan keyin yoki topshiriqning amal qilish muddati tugashi bilan mijozga qimmatli qog'ozlar bilan bitimlaming tuzilganligi yoxud tuzilmaganligi va uning natijalari haqida zudlik bilan xabar qilish;
mijoz nomidan qimmatli qog'ozlar bilan ketma-ket opera- tsiyalami bajarish uchun yoki mijozning aktivlarini boshqarish