Moliya bozori



Yüklə 392,39 Kb.
səhifə59/179
tarix16.10.2023
ölçüsü392,39 Kb.
#156277
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   179
3-176 Moliya bozori

82




Faqat naqd (qog'oz blanklar ko'rinishidagi) qimmatli qog'oz- lami chiqarish va ulaming muomalada bo'lishi jamiyat uchun ancha qimmatga tushadi, chunki ulami tayyorlash uchun juda ko‘p hajm- dagi bo'yoqlar, qog'ozlar va hokazolar sarflanadi. Bundan tashqari, qimmatli qog'ozlarning qog'oz blanklarini saqlash ko'pincha texnik xususiyatdagi muayyan qiyinchiliklar bilan bog'liq (saqlash uchun maxsus xonalar, seyflaming mavjud bo'lishi zamrati). Nihoyat, naqd qimmatli qog'ozlar muomalada bo'lishida qator muammo- larni keltirib chiqaradi - o'tkazma yozuvlarni taqdim etish, trans- fer-agentlik xizmatlari, o'rab-bog'lash va tashish, har bir blankning haqiqiyligini tekshirish va h.k.
Yuqorida sanab o'tilgan holatlar shunga olib keldiki, XX asming 70-yillarining o'rtalarida naqdsiz qimmatli qog'ozlar paydo bo'la boshladi. Ulami hisobga olish va saqlash, xuddi pul mablag'larini banklardagi hisob raqamlarda saqlash singari, buning uchun maxsus mo'ljallangan muassasalar — depozitariylardagi «depo» hisob ra- qamlarida yozuvlar ko'rinishida amalga oshirilardi. Qimmatli qog'oz- larni naqdsiz shaklda chiqarish, saqlash va muomalada bo'lishi an’anaviy naqd shakldagi usulga qaraganda o'zining ancha ustunlik- larini ko'rsatdi, chunki u har bir emitent va har qaysi jamiyat uchun katta miqdordagi mablag'lami tejash imkonini berdi, bundan tashqari, emitentlar sarmoyadorlar hamda vositachilar uchun bir qator qulayliklami ta’minladi.
Bugungi kunda naqdsiz qimmatli qog'ozlarni chiqarish butun dunyoda qimmatli qog'ozlar bozorini rivojlantirishning asosiy tamoyili bo'lib hisoblanadi. Depozitariylardagi naqdsiz hisobga olish qimmatli qog'ozlarning moddiy joylashtirilishi zaruratini istisno etuvchi ro'yxatlarning kompyuterlashgan tizimi orqali bitim bo'yicha hisob-kitoblami bajarish jarayonini anglatadi.
Qimmatli qog'ozlarga bo'lgan huquqlami hisobga olishni depozitariylar amalga oshiradi, qonun hujjatlarida riazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Depozitariylar o'z deponentlarining hisob- varaqlarida ulaming Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysidagi vakillik hisobvaraqlarida jamlab, hisobga olib boriladigan hujjatsiz qimmatli qog'ozlarga bo'lgan huquqlari hisobini yuritadi, shuningdek, hujjatli qimmatli qog'ozlarni saqlaydi va ularga bo'lgan huquqlami hisobga oladi.



Yüklə 392,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin