o'z nomidan va o'z hisobidan qimmatli qog'ozlarga doir bitimlar tuzishga, bundan o'zi emissiya qilgan qimmatli qog'ozlarga doir bitimlar mustasno.
Agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi, ushbu modda- ning yettinchi qismida ko'rsatilgan hollardan tashqari, shuningdek, quyidagilarga haqli emas:
boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga moliyaviy yordam ko'rsatish;
boshqa yuridik shaxslaming ustav fondida ishtirok etish.
Depozitariy sifatida faoliyatni tugatish yoki depozitariyni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, ommaviy axborot vosi- talarida o‘n kunlik muddat ichida tegishli axborot e’lon qilinadi. O‘z faoliyatini tugatayotgan yoki tugatilayotgan depozitariyda saqla- nayotgan qimmatli qog'ozlar va hisobga olish registrlari deponentning qaroriga binoan, bir haftalik muddat ichida boshqa depozitariyga o'tkaziladi, bunday qaror mavjud bo‘lmagan taqdirda esa, depo- nentlar tanlagan depozitariylarga qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan muddatlarda keyinchalik o'tkazish uchun Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysiga o'tkaziladi. Depozitariyni tugatish Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysining ushbu tartib-taomil yakunlanganligi haqidagi yozma tasdig'idan keyin amalga oshiriladi. Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysining
mutlaq vazifalari Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysining mutlaq vazifalari quyidagilardan iborat:
emissiyaviy qimmatli qog'ozlarni hisobga qo'yish, davlat emissiyaviy qimmatli qog'ozlari bundan mustasno;
emissiyaviy hujjatsiz qimmatli qog'ozlarni saqlash, davlat emissiyaviy hujjatsiz qimmatli qog'ozlari bundan mustasno;
markaziy ro'yxatdan o'tkazuvchi sifatida aksiyalar egalarining reyestrlarini va korporativ obligatsiyalar egalarining reyestrlarini yuritish; •