Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysi markaziy ro'yxat- dan o'tkazuvchi vazifasini bajarayotganda qonun hujjatlariga muvofiq, boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin. Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysi markaziy ro'yxat- dan o'tkazuvchi vazifasini bajarayotganda:
aksiyalar egalarining va korporativ obligatsiyalar egalarining belgilangan sanadagi holatga ko'ra shakllantirilgan reyestrlarini saqlashi;
aksiyalar egalarining va korporativ obligatsiyalar egalarining reyestrlaridagi mavjud axborotni Qonunga muvofiq taqdim etishi;
aksiyalar egalarining va korporativ obligatsiyalar egalarining reyestrlaridagi mavjud axborotning maxfiyligini ta’minlashi shart.
Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysi markaziy ro'yxatdan o'tkazuvchi vazifasini bajarayotganda Qonun hujjatlariga muvofiq, uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo'lishi mumkin. Deponentning huquq va majburiyatlari Deponent quyidagi huquqlarga ega:
depozitariyda o'z depo hisobvarag'idagi qimmatli qog'ozlami qonun hujjatlarida belgilangan doirada va tartibda tasarruf etish;
depozitariyga o'z depo hisobvarag'i bo'yicha operatsiyalami amalga oshirish yuzasidan topshiriqlar berish (uchinchi shaxslar oldida majburiyatlar yuklatilgan qimmatli qog'ozlami qimmatli qog'ozlarga majburiyatlar yuklatish tugaganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etmasdan o'tkazishga doir farmoyish bundan mustasno), so'rov kiritish, topshiriqlar bajarilganligi to'g'risida hisobot talab qilish;
o'ziga tegishli hujjatli qimmatli qog'ozlami saqlash hamda hujjatli va hujjatsiz qimmatli qog'ozlarga bo'lgan mulk huquqini va boshqa ashyoviy huquqlarni hisobga olishni depozitariyga topshirish;
shartnoma shartlariga muvofiq, o'z depo hisobvarag'ining holati haqida ko'chirma olish va o'z depo hisobvarag'i bo'yicha depozitariy tomonidan o'tkazilgan operatsiyalar to'g'risida hisobot olish. *