Investitsiya fondi foydasining soliqlar, majburiy to'lovlar va investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi mukofotlari to'langanidan keyin qolgan va sarmoyani ko'paytirishga yo'naltiril- magan qismi aksiyadorlar o'rtasida dividend sifatida taqsimlanadi. Xususiylashtirish investitsiya fondlari (XIF) Xususiylashtirish investitsiya fondlari investitsiya fondlarining bir turi hisoblanadi. Ular aholining keng qatlamini xususiylashtirish jarayoniga jalb etish maqsadida tashkil etiladi. XI Flaming vazifasi aholining pul mablag'larini jamlab, ulami xususiylashtirilayotgan davlat korxonalarining aksiyalarini solib olishga yo'naltirishdan iborat. Xususiylashtirish investitsiya fondi o‘z aksiyalarini chiqarish hisobiga mablag'larini jalb etish, o‘z mablag'larini hamda olingan maxsus davlat kreditlarini xususiylashtirilayotgan davlat korxonalarining qimmatli qog'ozlariga investitsiya qilish, qimmatli qog'ozlar bilan savdo qilish, aksiyalariga ega bo'lgan korxonalami rivojlan- tirish va samaradorligini oshirishda aksiyador sifatida ishtirok etish- dan iborat faoliyatni amalga oshiruvchi ochiq aksiyadorlik jamiyatidir. Xususiylashtirish investitsiya fondlari quyidagi xususiyatlarga ega:
xususiylashtirilayotgan korxonalar tomonidan chiqariladigan aksiyalar umumiy sonining 30 foizigacha xarid qilish imkoniyati;
o'zining umumiy aktivlarining 10 foizidan ko'p bo'lmagan qismini bir emitentning qimmatli qog'ozlariga investitsiya qilish imkoniyati;
mablag'lami faqat xususiylashtirilgan korxonalaming aksiyalariga va davlat qimmatli qog'ozlariga investitsiya qilish huquqi.
XIF - bu yopiq turdagi investitsiya fondidir, ya’ni u qimmatli qog'ozlami ulami sotib olish majburiyatlarisiz chiqaradi. Xususiylashtirish investitsiya fondining investitsiya portfelini tashkil etuvchi aksiyalami sotish faqat o'z aksiyalarining professionals tomonidan tashkil etilgan qimmatli qog'ozlaming biija va bitjadan tash-