Moliya bozori


Moliya bozorining iqtisodiyotdagi vazifalari va roli



Yüklə 392,39 Kb.
səhifə7/179
tarix16.10.2023
ölçüsü392,39 Kb.
#156277
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   179
3-176 Moliya bozori

Moliya bozorining iqtisodiyotdagi vazifalari va roli

Moliya bozorining bozor munosabatlari tizimidagi ahamiyati uni tomonidan quyidagi qulay sharoitlarni ta’minlanishi bilan bog‘liq asosiy vazifalari asosida belgilanadi:

  • iqtisodiyotning real sektoriga .investitsion moliya resurslarni samarali jalb qilinishi;

  • kapitalni samarasiz tarmoqdan samaralisiga qayta taqsimlanishi;

  • davlat budjetiga xizmat ko‘rsatishi, uning kamomadi (defitsiti)ni qoplash uchun pul mablag‘larini samarali jalb qilinishi;

  • iqtisodiyotning holatini aniq bozor indikatorlari yordamida baholanishi;

  • inflatsiya sur’atlari va valuta kurslari o‘zgarishiga operativ ta’sir kq‘rsatilishi;

  • davlatning kredit-pul va budjet-soliq siyosatini obyektiv va mutanosiblikda olib borilishi;

  • mulkka egalik huquqini ishlab chiqarish vositalariga qayta taqsimlanishi;

  • jahon globallashuvi jarayonlariga milliy iqtisodiyotni integral- lashuvi.

Moliya bozorining iqtisodiyotdagi funksiyasi asosida uning o‘rni va rolini makroiqtisodiy pozitsiyadan ko‘rish muhim ahamiyatga ega.
Ma’lumki, mamlakatda tayyor mahsulotlar (xizmatlar)ning umumiy taklifi (У) xarajatlar komponentlari orqali topilishi mumkin, ya’ni
Y=C+I+X-M+TR.
Ushbu ifodadagi parametrlarni quyidagicha belgilab olamiz:
C+I=A (absorbsiya), Y~C=S (milliy jamg'armalar),
X—M+TR—CAB (mamlakatning joriy to‘lov balansining hisobi. Natijada, quyidagi ifodalarni olish mumkin:
Y-A=S-I va S~I= CAB.


13




Bu tengliklar mamlakatda daromadlar va xarajatlar o'rtasidagi ichki makroiqtisodiy disbalansni tashqi disbalans bilan bog'liqligini bildiradi. Ikkala disbalans ham jamg‘armalar va investitsiyalar o'rtasidagi disbalansga olib keladi, demak, ular iqtisodiy o'sishning asosiy omillaridan hisoblanadi1. Bunda esa moliya bozorining qisqa va uzoq muddatli iqtisodiy o'sishni ta’minlashdagi roli beqiyosdir. Chunki aynan moliya bozori yordamida jamg'armalar shakllanadi (akkumulatsiyalanadi) va ular samarali investitsiyalarga tranfor- matsiyalanadi (aylanadi).
Qisqa davr ichida iqtisodiy o'sish moliya bozori orqali mavjud moliyaviy resurslardan samarali foydalanish hisobiga erishiladi. Ammo uzoq muddatli davrda iqtisodiy o'sish ishlab chiqarish quwatlarini investitsiyalar hajmini kengaytirish yo'li bilan modernizatsiyalashuvi va oshirilishini talab etadi. Makroiqtisodiy barqarorlik sharoitida investitsiyalarga bo'lgan talab esa moliya institutlari yordamida ichki va tashqi jamg'armalar hisobiga qoplanadi.
Bundan ayon bo'ladiki, moliya bozori moliyaviy resurslar (jamg'armalar)ni iqtisodiyotda samarali taqsimlash va qayta taqsimlash funksiyasini amalga oshiradi va iqtisodiyot holati «baro- metri» rolini bajaradi.
Iqtisodiyotda moliyaviy oqimlar inflatsiya va foiz stavkasiga bog'liq holda moliya bozori orqali taqsimlanadi va qayta taq- simlanadi. Bunda inflatsiya va foiz stavkasi moliya bozorining muvozanat holatiga ta’sir ko'rsatadi.
Yuqorida aytilganlarga asosan, makroiqtisodiy muvozanatni mos ravishda quyidagi tenglamalar bilan ifodalash mumkin:
S =
Z(ushbu balansga rioya qilinganda umumiy talab va taklif o rtasida tenglikka erishiladi, ya’ni
5=У-Л-Х=/,
bu yerda, A=C+G — absorbsiya; Y—A — ichki jamg'armalar; X — manfiy ishorali tashqi jamg'armalar), MV = PT.
Ushbu tenglamalar bilan ifodalanadigan makroiqtisodiy muvozanat moliya bozori holatida o'z aksini topadi, ya’ni bozor


1 Опыт развития финансовой и фискальной системы и привлечения прямых иностранных инвестиций в Восточной Азии: уроки и рекомен­дации. Сборник трудов мол.ученых Э. Трушин, Д. Музаффаров, Е. Федорова, Г. Дыйканбаева. Алматы, 2001, стр. 74.



Yüklə 392,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin