2-chizma. Moliyaviy oqimlarni moliya bozori orqali harakati modeli.
2-chizmadagi modelda har bir sikl ma’lum maqsad asosida harakat qilib, bir-biri bilan bevosita va (yoki) bilvosita bog'liq holda ularning tezligi va hajmi bozor konyunkturasiga bog'liq. Demak, modeldan ko'rinib turibdiki, moliya bozori iqtiso- diyotda markaziy o'ringa ega, iqtisodiyotning barcha subyektlari uni ng konyunkturasiga bog'liq holda o'zaro bog'liqlik ta’sirida faoliyat yuritadilar. Moliya bozori o'zining qisqa va o'rta (uzoq) muddatli instrumentlari (jumladan, qimmatli qog'ozlar) yordamida iqtiso- diyot subyektlarini investitsiya bilan ta’minlaydi, resurslarni ularning o'rtasida samarali taqsimlaydi va qayta taqsimlaydi. Ta’kidlash joizki, qimmatli qog'ozlar moliyaviy resurslar harakatining bir qismini qamraydi. Qimmatli qog'ozlardan tashqari, moliya bozorida ssuda va kreditlar, subsidiya va subvensiyalar, sug'urta vositalari va valutalar muomalada bo'ladi. Ulaming har biri o'ziga mos siklda va moliya bozori segmentlarida samarali harakat qiladi. Bunda qimmatli qog'ozlar va ularning real bazisi miqdorlarini ko'pincha bir-birlariga mos kelmasligi hamda ulami bozorda bir- biriga qarama-qarshi yo'nalishda harakat qilishi mumkinligi qimmatli qog'ozlar bozorining xususiyati hisoblanadi.
16
Bunda moliya bozorining asosiy maqsadi - iqtisodiyotda kapitalning erkin oqimi hamda samarali taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi uchun yetarli va zarur sharoitlar yaratishdir. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi sharoitlar yaratilishi lozim:
bozor iqtisodiyoti qonunlarining to'liq amal qilishi mexaniz- mini ta’minlash;
samarali xususiy mulkchilik tizimining mavjudligi;
monetizatsiyalashgan real investitsion bazisga ekvivalent moliyaviy instrumentlar (jumladan, qimmatli qog'ozlar) sifatining yuqori ko'rsatkichlari (likvidlilik, jalbdorliligi va h.k.) ta’minlan- ganliligi. Bu ko'rsatkichlar raqobatni rivojlantirish va narxlar bo'yicha katta bo'lmagan kurs tafovuti hisobiga erishiladi;
moliyaviy instrumentlaming erkin savdosini ta’minlovchi rivojlangan savdo tizimlarini mavjudligi;
investorlaming haq-huquqlari himoyasini yuqori darajada ta’minlovchi bozoming samarali tartiblashtiruvchi (muvofiqlash- tiruvchi va nazorat qiluvchi) tizimini mavjudligi;
moliya bozori qatnashchilari tomonidan ta’minlanadigan bozoming informatsion shaffofligi (tranparentligi).
Ushbu sharoitlarda moliya bozori iqtisodiyotning samarali faoliyatini ta’minlaydi, investitsiyalarga muhtoj bo'lgan iqtisodiyot subyektlariga investorlaming moliyaviy resurslarini jamlab, biznes maqsadiga ishlatishga, investorlarga mablag'larini orttirishga, davlatga esa iqtisodiy siyosatini amalga oshirishga ko'maklashadi. Umuman olganda, moliya bozori investitsiyalarga muhtoj va resurslarga ega bo'lgan qatnashchilami bir-birlari bilan uchrashtirish asosida moliyaviy aktivlar almashinuviga ko'maklashadigan mexanizm sifatida namoyon bo'luvchi tizim. Moliya bozori bir qator funksiyalami bajaradi. Ulami to'rt guruhga ajratish mumkin: makroiqtisodiy, umumbozor, maxsus (ixtisoslashgan) va global (mega, ya’ni xalqaro darajada moliyaviy globallashtirish) funksiyalarga. Makroiqtisodiy funksiyasi jamg'armalarni investitsiyalarga samarali transformatsiyasini ta’minlab berishdan iborat. Umumbozor funksiyasi, odatda, har bir milliy bozorga mansub. Maxsus funksiyasi esa uni boshqa turdagi bozorlardan farqlaydi. Umumbozor funksiyalarga quyidagilar kiradi:
tijorat funksiyasi, ya’ni bozorda daromad olishni ta’minlovchi funksiya; • f -