iqtisodiyotning holatini ekvivalent tarzda aks etadi. Boshqacha qilib aytganda, moliya bozori iqtisodiyotning «egiz analogi» sifatida namoyon bo'ladi. Shuning uchun moliya bozori iqtisodiyotning «barometridir». Aytilganlar asosida moliya bozoridagi muvozanatni gipotetik tarzda quyidagi muvozanat tenglamasi bilan ifodalash mumkin: SV=PT. bu yerda, T~ moliya instrumentlari bo'yicha tuzilgan shartnomalar hajmi (bu esa investitsiyalar hajmiga teng), ya’ni T = 1;S~ moliyaviy instrumentlar uchun taklif qilingan jamg'armalar hajmi; V — in- vestitsiya qilingan jamg'armalami foyda (zarar) bilan qaytishi tezligi (vaqt oralig'i, likvidliligi); P - moliyaviy instrumentlar bo'yicha tuzilgan shartnomalar (bitishuvlar)ning bozor narxi. Demak, T= I ekanligini hisobga olgan holda moliya bozorining muvozanat tenglamasini quyidagicha ifodalash mumkin: SV = PI. (1) Ilmiy nuqtayi nazardan (1) tenglamani pulning miqdoriy naza- riyasiga o'xshash moliya instrumentlari (qimmatli qog'ozlaming yoki investitsiyalarjning miqdoriy nazariyasi deb faraz qilish mumkin. Ma’lumki, S = I tenglik budjet-soliq siyosati asosida, MV = PT tenglik esa kredit-pul (monetar) siyosati asosida amalga oshiriladi. Bunda S—>I—>M^S ko'rinishidagi davriy bog'liqlik ushbu siyo- satlaming ekvivalentliligini bildiradi. Bu esa (1) tenglamani maq- sadga muvofiq ekanligini anglatadi. Chunki ikkala siyosat ham barqaror iqtisodiy o'sishni ta’minlash maqsadida real iqtisodiyot uchun ishlaganligi (yo'naltirilganligi uchun, ulaming uyg'unlashuvi va optimal balansiga erishish (1) tenglamadan ko'rinib turibdiki, moliya bozori orqali amalga oshirilishi tabiiydir. Ushbu holatni 2-chizmada ko'rish mumkin. Bunda (2-chizma) MB —Moliya bozori; В -Markaziy bank; H— hukumat; UX— uy xo'jaliklari; F—firmalar; Tsi — Ts4 — B, X, UXva firmalaming moliya bozori (MB) bilan bog'lanadigan lokal sikllari. Ushbu sikllar orqali mos ravishda moliyaviy oqimlar harakati moliya bozori qatnashchilari tomonidan amalga oshiriladi. Bunda hukumat va uy xo'jaliklari, hukumat va firmalar o'rtasidagi bog'lanish «daromad-soliq» aylanmasi tashqi sikllari bo'yicha tashkillashgan. •