Moliya bozorini rivojlantirishning davlat va korparativ moliyaviy munosabatlarga tasiri



Yüklə 74,8 Kb.
səhifə10/13
tarix16.06.2022
ölçüsü74,8 Kb.
#61625
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
7171 muxammad soliq

Invayronmentalizm prinsipi. Konstitutsionalizm (tashkilotning tashqi muhit bilan investitsion munosabatlarga kirishish faoliyatining yopiqligi)ga qarama- qarshi ravishda invayronmentalizm korxonaga ijtimoiy-iqtisodiy tizimda tashqi
investitsion muhit bilan faol o‘zaro munosabatga kirishuvchi, o‘z-o‘zini tashkil etishga qodir, ya’ni o‘ziga xos makon, zamon va funktsional tuzilmalarga ega ochiq tizim sifatida qaraydi. Bu korxona investitsion strategiyasini shakllantirish darajasining ba’zi sifatlarini ta’minlaydi.
Muvofiqlik prinsipi. Korxona iqtisodiy rivojlanishining umumiy qismida birinchi navbatda operatsion faoliyat rivojlanishini ta’minlovchi investitsion strategiya umumiy strategiyaga nisbatan bo‘ysnuvchan xarakterga ega va shuning uchun strategik maqsadlar va operatsion faoliyat yo‘nalishlari bilan muvofiqlashtirilgan bo‘lishi lozim. Investitsion strategiyaga bunday holatda korxona operatsion faoliyati strategik rivojlanishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatuvchi korxona samarali rivojlanishini ta’minlashning asosiy omillaridan biri sifatida qaraladi.
Investitsion strategiyani amalga oshirishni ta’minlovchi operatsion faoliyat bazaviy strategiyalari quyidagilardir:

  • cheklangan o‘sish strategiyasi;

  • jadallashgan o‘sish strategiyasi;

  • qisqartirish (siqish) strategiyasi;

  • birlashtirish (kombinatsiyalash) strategiyasi.

Cheklangan o‘sish strategiyasida mahsulotlar assortimenti barqarorligi va ishlab chiqarish texnologiyalariga ilmiy-texnik taraqqiyot natijalari kuchsiz ta’siri ostida foydalaniladi. Odatda bu strategiya bozor kon’yukturasining nisbatan kuchsiz tebranishi va raqobat pozitsiyasining barqarorligi sharoitida tanlanib, investitsion strategiya birinchi navbatda mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmining cheklangan o‘sishini ta’minlovchi takror ishlab chiqarish jarayoni va aktivlar o‘sishini samarali ta’minlashga yo‘naltirilgan. Investitsion faoliyat strategik o‘zgarishlari mazkur bazaviy strategiya bo‘yicha minimal darajada aks etadi.
Jadallashgan o‘sish strategiyasi korxona tomonidan o‘z hayotiy sikli dastlabki bosqichlarida yuqori sur’atlarda taraqqiy etayotgan sohalarda ilmiy- texnik taraqqiyot natijalarining yuqori darajada qo‘llanilishini ko‘rsatib beradi.
Bunday bazaviy strategiya asosidagi investitsion strategiya investitsion faoliyatni rivojlantirishning yuqori sur’atlarini ta’minlashning zarurligini hisobga olgan holda shuningdek investitsion faoliyatni turli shakllari, yo‘nalishlari, hududlar va tarmoqlar (sohlar) bo‘yicha diversifikatsiyalash birmuncha murakkablik kasb etadi. Qisqartirish (siqish) strategiyasiga korxonaning hayotiy sikli so‘nggi bosqichlarida, shuningdek iqtisodiy rivojlanishning moliyaviy inqiroz fazasida e’tibor ko‘proq e’tibor qaratiladi. O‘z mohiyati bo‘yicha bu strategiya ortiqcha faoliyatlardan voz kechishni anglatadi. U chiqarilayotgan mahsulot hajmi va assortimentini qisqartish, bozorning alohida segmentidan chiqish va boshqalarni nazarda tutadi. Bunday sharoitda investitsion strategiya bo‘shayotgan kapital uzoq muddatli moliyaviy barqarorlikni ta’minlovchi investitsiyalash ob’ektlarida
foydalanish asosida yuqori aylanuvchanlikni ta’minlashi lozim.
Birlashtirish (kombinatsiyalash) strategiyasidan yirik korxonalarning investitsion faoliyatni tarmoq va hududlar bo‘yicha keng diversifikatsiyalashida foydalaniladi. U turli tipdagi xo‘jalik yuritishning strategik zonalari yoki strategik xo‘jalik markazlari alohida strategiyalarini o‘zida birlashtiradi. Korxona investitsion strategiyasi strategik boshqaruvning alohida ob’ektlari bo‘yicha ularni rivojlantirishning strategik maqsadlari bilan bog‘liqlikda tabaqalashtiriladi.
Kombinatsiyalash prinsipi. Bu prinsip investitsion faoliyatni istiqbolli (strategik), joriy va operativ boshqarishning o‘zaro birlashishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Ishlab chiqilgan korxona investitsion strategiyasida investitsion faoliyatni strategik boshqarish jarayoniga muhimligi bo‘yicha faqat birinchi bosqichda ko‘rib chiqiladi. Bunday strategiya korxona investitsion portfelini shakllantirish yo‘lida investitsion faoliyatni taktik (joriy) boshqarish asosida yotadi. O‘z navbatida taktik boshqaruv alohida real investitsion loyihalarni amalga oshirish va moliyaviy instrumentlar portfelini qayta tarkiblash yo‘lida investitsion faoliyatni operativ boshqarishning bazasi hisoblanadi.
Investitsion portfelni shakllantirish o‘rta muddatli boshqaruv jarayoni bo‘lib, strategik qarorlar va korxonaning joriy investitsion imkoniyatlari doirasida amalga oshiriladi.
Real investitsion loyihalarni amalga oshirish va moliyaviy instrumentlar portfelini qayta tarkiblashni operativ boshqarish qisqa muddatli boshqaruv jarayoni hisoblanadi va alohida investitsion loyihalar va moliyaviy instrumentlar bo‘yicha operativ qarorlar ishlab chiqish va qabul qilishni, zarur hollarda investitsion portfelni qayta ko‘rib chiqish haqida qarorlar tayyorlash nazarda tutadi.

Yüklə 74,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin