Moliya bozorini rivojlantirishning davlat va korparativ moliyaviy munosabatlarga tasiri



Yüklə 74,8 Kb.
səhifə11/13
tarix16.06.2022
ölçüsü74,8 Kb.
#61625
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
7171 muxammad soliq

Strategik boshqaruvni asosan tadbirkorlik stiliga yo‘naltirish prinsipi. Korxonaning istiqbolga yo‘naltirilgan investitsion xatti-harakatlari ikkita stil bo‘yicha o‘zaro farqlanadi: konservativ stil va tadbirkorlik (agressiv) stili.
o‘sish stili hayotiy tsiklning yetarli darajasi nazarda tutilishi bilan izohlanadi.
Investitsion xatti-harakatlarning tadbirkorlik stili asosini investitsion faoliyat barcha yo‘nalishlari va shakllari bo‘yicha samarali investitsion echimlarni doimiy izlash tashkil etadi. Mazkur stil qo‘llanilganda investitsion faoliyatni amalga oshirishning yo‘nalishlari, shakllari va metodlari tashqi investitsion muhit omillarining o‘zgarishini inobatga olgan holda doimiy almashtirib boriladi.
Investitsion moslashuvchanlik va muqobillik prinsipi. Investitsion strategiya tashqi investitsion muhit omillarining o‘zgarishiga moslashuvchanlikni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan bo‘lishi lozim. Bundan tashqari strategik investitsion qarorlar asosida investitsion faoliyatni amalga oshirishning yo‘nalishlari, shakllari va metodlarining mumkin bo‘lgan (muqobil) variantlarini doimiy qidirish, ulardan eng yaxshisini tanlash va shu asosda umumiy investitsion strategiyani qurish hamda uni samarali amalga oshirish mexanizmini shakllantirish yotishi kerakInnovatsion faoliyat. Investitsion strategiyani shakllantirishda investitsion faoliyat korxonaning bozordagi raqobat pozitsiyasini oshirishni ta’minlovchi texnologik yangiliklarni joriy etish bosh mexanizm sifatida qaraladi. Nafaqat investitsion strategiyani, shu bilan birga korxonaning strategik rivojlanish umumiy maqsadlarini amalga oshirish ilmiy-texnik taraqqiyotning so‘nggi natijalaridan va ularni zudlik bilan foydalanishga moslashtirishga yuqori darajada bog‘liqlik kasb etadi. Mazkur prinsip aynan yuqoridagilar bilan izohlanadi.
Investitsion risklarni minimallashtirish prinsipi. Amaliy jihatdan korxonada investitsion strategiyani shakllantirish jarayonida qabul qilingan barcha investitsion qarorlar investitsion risklarga duch keladi. Har bir korxonada investitsion straegiyani ishlab chiqish jarayonida riskka munosabat bo‘yicha turli investitsion xatti-harakatlar bilan bog‘liqlikda ularga yo‘l qo‘yishning mumkin bo‘lgan darajasi tabaqalashtirilgan holda o‘rnatilishi lozim.
Asoslanganlik prinsipi. Investitsion strategiyalarning alohida parametrlarini ishlab chiqish va uni amalga oshirishni nafaqat bilim, shu bilan birga malaka va boshqaruv tajribasiga, shuningdek investitsion madaniyatga ega, professional mutaxassislar – moliyaviy menejerlar ta’minlashi lozim.Korxona investitsion strategiyasi mohiyati va uni amalga oshirish bosqichlari
Korxonalar moliyaviy xo'jalik faoliyatida investitsion faoliyat alohida muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Investitsion faoliyatni samarali tashkil etish masalasi esa bugungi keskin raqobat sharoitida korporativ moliyani boshqarish sohasidagi mutaxassislardan chuqur bilim va malakani talab etmoqda. Bunda asosiy e’tibor investitsion faoliyat samaradorligini barcha omillarni hisobga olgan holda baholash masalasiga qaratilmoqda.
Korxonalarda investitsion faoliyatni tashkil etishda investitsion strategiyani belgilab olish masalasi ham kun tartibidagi masala hisoblanadi. Investitsion strategiya korxonani rivojlantirishning umumiy vazifalarida belgilangan investitsion faoliyatning uzoq muddatli maqsadlari va investitsion yondashuvlar tizimi, shuningdek, qo'yilgan maqsadlarga erishishning yuqori darajada samarali
yo'llarini tanlashni anglatadi. Investitsion strategiya korxona investitsion faoliyatini istiqbolli boshqarishning samarali instrumenti hisoblanadi hamda korxonani rivojlantirishning konsepsiyasini o'zida aks ettiradi.
Investitsion strategiyani ishlab chiqish jarayoni investitsion strategiya maqsadlari qo'yilishi, shakllangan investitsion resurslar tarkibini va ular ratsional taqsimlanishini optimallashtirish, eng muhim jihatlari bo'yicha investitsion siyosatni ishlab chiqish, tashqi investitsion muhit bilan o'zaro samarali munosabatlarni ta’minlash kabilarni o'z ichiga oladi.
Korxonaning investitsion strategiyasini ishlab chiqishning zarurligi tashqi va ichki muhit shart-sharoitlari o'zgaruvchanligi sharoitida moliyaviy resurslarni shakllantirish va ulardan samarali foydalanishni ta’minlashi bilan belgilanadi.
Xo'jalik yuritishning strategik zonasi korxona doirasidagi umumiy talab yoki xomashyo, texnologiyalardan foydalanish umumiyligi asosida birlashgan o'zaro yaqin tarmoqlar qatorida o'z faoliyatini amalga oshiruvchi mustaqil xo'jalik segmentini o'zida aks ettiradi.
Strategik investitsion markaz – xo'jalik yuritishning alohida strategik zonasida alohida funksiyalarni bajarishga ixtisoslashgan yoki samarali xo'jalik faoliyatini ta’minlovchi korxonaning mustaqil tarkibiy birligidir.
Hozirgi zamonaviy sharoitda investitsion strategiyani yuritish korxonaning muvaffaqiyatli va samarali rivojlanishini belgilovchi omillardan biri hisoblanadi. Ishlab chiqilgan investitsion strategiya quyidagilarga imkon beradi:

  • korxonaning oldindagi iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishining uzoq muddatli umumiy va investitsion maqsadlarini amalga oshirish mexanizmini ta’minlaydi;

  • korxonaning investitsion imkoniyatlarini real baholash imkonini beradi;

  • investitsion imkoniyatlardan maksimal foydalanish va investitsion resurslar aylanuvchanligini oshirish imkonini beradi;


  • mahalliy investitsiyalar

  • xorijiy investitsiyalar

Kapitalni jalb qilish regional manbalari bo‘yicha

yuqori likvidli; o‘rta likvidli; past likvidli; likvidsiz investitsiyalar

Likvidlilik darajasi bo‘yicha



yuqori riskli; o‘rta riskli; past riskli; risksiz investitsiyalar

Investitsion risk darajasi bo‘yicha

yuqori daromadli; o‘rta daromadli; past daromadli; daromadsiz investitsiyalar

Daromadlik darajasi bo‘yicha


1.2-Rasm. Korxonalarda investitsiyalar tasniflanishi2


investitsiyalar amal qilish muddatlari bo‘yicha qisqa muddatli investitsiyalar va uzoq muddatli investitsiyalarga ajratiladi.
Qisqa muddatli investitsiyalar bir yildan oshmadigan davrda amalga oshiriladi. Uzoq muddatli investitsiyalar bir yildan ko‘p muddat ichun yo‘naltiriladi.
Korxona investitsiyalari daromadlilik darajalari bo‘yicha to‘rt guruhga ajratiladi. Yuqori daromadli investitsiyalar, o‘rta muddatli investitsiyalar, past daromadli investitsiyalar, daromadsiz investitsiyalar.
Investitsiyalar investitsion risk darajasi bo‘yicha ham to‘rt guruhga ajratiladi: risksiz investitsiyalar, past riskli investitsiyalar, o‘rta riskli investitsiyalar, yuqori riskli investitsiyalar.
Investitsiyalar likvidlilik darajalari bo‘yicha ham to‘rt guruhga ajratiladi: yuqori likvidli investitsiyalar, past likvidli investitsiyalar, o‘rta likvidli investitsiyalar, nolikvidli investitsiyalar.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsion loyihalarini moliyalashtirish investorlar tomonidan tashkil etilgan har xil manbalar, shu jumladan moliyaviy resurslarni jalb qilish yo‘li bilan, kreditlar evaziga qonunchilikda belgilangan holda qimmatli qog‘ozlar va zayomlar chiqarish xisobiga amalga oshiriladi.
Umumiy hisobga olganda investitsion loyihalarni moliyalashtirish manbalari quyidagi shakllarga bo‘linadi:

  1. investorning o‘z moliyaviy resurslari;

  2. investorning qarzga olgan mablag‘lari;

  3. investorni jalb qilgan moliyaviy resursi;

  4. davlat byudjeti mablag‘lari;

  5. chet el investitsiyalari va kreditlari;

  6. Noana’viy moliyalashtirish. (sindikat kreditlash, venchurli va boshqalar).

Investitsion loyihalarni moliyalashtirish turli shakl va usullarda olib boriladi. Hozirgi vaqtda investitsiyalarni moliyalashtirish manbalarini shakllantirish, investitsiya faoliyatining bosh muammolaridan biri xisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsion loyihalarni moliyalashtirish quyidagi manbalar xisobiga amalga oshirilmoqda.

  1. Investorning o‘z moliyaviy resurslari va ichki xo‘jalik rezervlari (foyda, amartizatsiya ajratmalari, maxsus rezerv fondlari);

  2. Investorning qarz mablag‘lari (bank krediti, byudjet krediti, obligatsiya bo‘yicha qarzlar);

  3. Jalb qilingan moliyaviy resurslar (aksiyalarni sotish, mehnat jamoasining pay va boshqa ko‘rinishdagi badallari, yuridik va jismoniy shaxslarning pay va boshqa badallari);

  4. Byudjetdan investitsion assignatsiyalari (mahalliy, davlat va byudjetdan tashqari fondlar mablag‘lari).

  5. Chet el investitsiyalari (chet el kreditlari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyasi, qo‘shma korxonalar ko‘rinishida);

  6. Lizing (investitsion loyihalarni moliyalashtirishning bir turi bo‘lib, asbob-uskuna, transport vositalari, bino va inshootlarni ijariga berish tushiniladi).

Davlat qimmatli qog‘ozlari - O‘zbekiston Respublikasining g‘azna majburiyatlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolat bergan organ tomonidan chiqarilgan obligatsiyalar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining obligatsiyalari. Obligatsiyalar o‘zida kredit munosabatlarini aks ettiradi, bunda davlat qarzdor, aholi yoki korxona va tashkilotlar kreditor sifatida ishtirok etadi (davlat krediti). Bugungi kunda davlat obligatsiyalari obligatsiyalarning eng keng tarqalgan turidir. Davlat obligatsiyalari emissiyasini hukumat, aksariyat hollarda, davlat byudjeti taqchilligini qoplash maqsadida amalga oshiradi. Bevosita davlat obligatsiyalari operatsiyalari bilan kredit muassasalari shug‘ullanadi. Foizlarni to‘lash manbasi – davlat xazinasiga korxonalardan soliq ko‘rinishida kelib tushadigan, amalga oshirilgan qo‘shimcha qiymatdir. Davlat obligatsiyalari, odatda, mamlakatning mol–mulki, boyligi bilan kafolatlangan va shuning uchun ham investitsiya aktivlarining eng ishonchli turi hisoblanadi
Shuning uchun ular bo‘yicha foiz stavkalari korporatsiyalarning eng birinchi darajali obligatsiyalari bo‘yicha to‘lanadigan foiz stavkalariga qaraganda past. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda jami davlat qarzining kata qismini aynan turli yilrlarda chiqarilgan obligatsiyalar tashkil etadi. Davlat qimmatli qog‘ozlari bilan turli operatsiyalar qilish, masalan, ularni kredit tizimi ishtirokida ochiq bozorda sotib olish yoki sotish yordamida ko‘pchilik zamonaviy kapitalistik davlatlar iqtisodiyotini pul – kredit jihatdan tartibga solishga erishiladi. Aholi hamda korxonalar uchun davlat majburiyatlarini harid qilish o‘z omonatlari va jamg‘armalarini nisbatan ishonchli saqlash shakli hisoblanadi. Bu qandaydir darajada o‘zini inflyatsiya jarayonlari ta’siridan chegaralash imkonini beradi.
Munitsipal obligatsiyalarning emitentlari sifatida O‘zbekiston Respublikasining milliy – davlat va ma’muriy – hududiy tuzilmalarining hokimiyat idoralari qatnashishi mumkin. Obligatsiyalarni chiqarish to‘g‘risidagi qaror davlat hokimiyatining mahalliy idoralari:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar, tumanlar hokimiyatlari tomonidan qabul qilinadi.
Munitsipal obligatsiyalarni chiqarishning eng asosiy masalalaridan biri – bu ularni ta’minlash masalasidir.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda munitsipal obligatsiyalar, odatda, banklar, nufuzli firmalar kafolati ostida chiqariladi va birinchi darajali aksiyalar darajasida baholanadi. Ular juda ommabop bo‘lib, eng foydali investitsiya aktivlaridan biri hisoblanadi.
O‘zbekistonda mahalliy zayomlar obligatsiyalari amalda qo‘llanilmayotganligiga qaramay, ularni chiqarishning istiqboli g‘oyat yuksak.
Munitsipal zayomlar bo‘yicha mablag‘larni to‘plash muvaffaqiyatining jiddiy omili respublikada o‘zini o‘zi boshqarish. idoralarining ajoyib muassasasi – maxalla qo‘mitalarining mavjudligidir. Hokimiyatlarning mahalla qo‘mitalari bilan ishlashini faollashtirish, ularga mahalliy zayomlar obligatsiyalarini sotish orqali obodonchilik va ijtimoiy ob’ektlarni qurish bo‘yicha turli loyixalarni ishlab chiqish
borasida ko‘maklashish yaqin kelajakda o‘zining g‘oyat sezilarli natijalarini bergan bo‘lar edi.

Yüklə 74,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin