Xoʼjalik yurituvchi subʼektlar moliyasi – mamlakat yagona moliya tizimining asosi xisoblanadi . U ijtimoiy maxsulot va milliy daromadni yaratish va taqsimlash jarayoniga xizmat kursatadi hamda markazlashgan pul fondlarini shakllantirishning bosh omili xisoblanadi . Korxonalar moliyasining xolatiga markazlashgan pul fondlarining moliyaviy resurslar bilan taʼminlanganligi bevosita taʼsir kursatadi .
Fond bozori - qimmatli qogʻozlar bozori — moliya bozorining qimmatli qogʻozlar emissiyasi va ularning oldisotdisi bilan shugʻullanadigan sohasi. Fond bozorining asosiy vazifasi: investitsiyalarni, yaʼni kengaytirilgan takror ishlab chiqarishga va texnika ravnaqiga zarur investitsiya mablagʻlarini toʻplash hamda taqsimlash; qimmatli qogʻozlar paketlaridan foydalangan hodda mulk egaligini oʻzgartirish; qimmatli qogʻozlar oldisotdisi yoʻli bilan bozorni qayta taqsimlash; qimmatli qogʻozlar chiqarish yordamida davlat qarzini moliyalashtirishdan iborat.
Moliya siyosati – bu moliyaviy resurslarni jamlash, ularni davlatning oʼz funktsiya va vazifalarini amalga oshirish uchun taqsimlash va ishlatish shakl hamda usullarida tizimli namoyon boʼluvchi tadbirlar yigʼindisidir .
Seminar savollari
1. Moliya tizimining mohiyati va tashkiliy tamoyillari? Moliya tizimi- moliyaviy munosabatlarning turli sohalarini o’z ichiga olib, har qaysi sohalar pul mablag’lari fondlarini shakillantirish va ulardan foydalanish xususiyatlari bilan tavsiflanadi.
Moliya tizimi faqat moliya munosabatlarini emas, balki moliyaga taallukli siyosiy, tashkiliy munosabatlarni ham qamrab oladi. Bu tizim tarkibiga quyidagilar kiradi:
a) moliya obʼyektini hosil etuvchi pul fondlari yoki moliya resurslari;
b) korxonalar, xonadonlar, davlat idoralari va nodavlat tashkilotlaridan iborat moliya mu-nosabatlarining subʼyektlari — ishtirokchilari;
v) moliya mexanizmi, yaʼni moliya munosabatlarida qoʻllaniladigan va pul bilan bogʻliq vositalar (foyda, zarar, rentabellik, likvidlik, byudjet, byudjetdan tashkari fondlar, subsidiya, subvensiya, dotatsiya, sanatsiya, moliya normativlari, moliyaviy sanksiya va boshqalar);
g) moliya institutlari va davlatning moliya idoralari (moliya kompaniyalari, moliya jamgʻarmalari, moliya vazirligi, uning mahalliy boʻlinmalari, soliq idoralari, gʻaznachilik xizmati, soliq politsiyasi va boshqalar);
d) moliya bozori — fond bozori, sugʻurta xizmati bozori, valyuta bozori;
e) moliya siyosati — iqtisodiyot subʼyektlarining moliyaga oid yul-yoʻriklari va xatti-harakati.
Moliya tizimi iqtisodiy tizimning muhim unsuri, uning yordamida iqtisodiyot tartiblanadi, iqtisodiy oʻsish ragʻbatlantiriladi.