2. Moliya tizimining soha va bo’g’inlari, ularning o’zaro bog’liqligi?
Moliya tizimi boʻgʻinlari ikkiga boʻlinadi:
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar moliyasi quyidagilardan iborat:
Tijorat korxonalari va tashkilotlari moliyasi;
Moliyaviy vositachilar moliyasi;
Notijorat tashkilotlar moliyasi.
Davlat moliyasi va mahalliy moliya quyidagilardan iborat:
Moliya tizimining alohida sohalar va bo‘g‘inlarga bo‘linishi YAIMni shakllantirish, taqsimlash va qayta taqsimlashda, daromadlarni shakllantirish va ulardan foydalanishda iqtisodiy munosabatlar subektlarining bir-birlaridan farqli ravishda ishtirok etishi bilan belgilanadi.
Moliya tizimining har bir sohasi va bo‘g‘iniga pul fondlari va daromadlarini shakllantirish va ulardan foydalanishning o‘ziga xos shakllari va metodlari tegishlidir. Masalan, korxonlar moliyasi moddiy ishlab chiqarishga, YAIMni yaratishga, uni korxonalar o‘rtasida taqsimlashga va YAIM bir qismining byudjet va byudjetdan tashqari jamg‘arma fondlariga qayta taqsimlashga xizmat qiladi. Davlat byudjeti orqali resurslar davlatning markazlashtirilgan fondiga jalb qilinadi va ular iqtisodiy mintaqalar, tarmoqlar va aholining ijtimoiy guruhlari o‘rtasida qayta taqsimlanadi.
Moliya tizimi “Davlat moliyasi va mahalliy moliya” sohasining alohida bo‘g‘ini sifatida Davlat byudjeti o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
- respublika byudjeti;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar.
O‘z navbatida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjeti hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasiga bo‘ysunuvchi tumanlar va shaharlar byudjetlaridan tarkib topadi. Viloyatning byudjeti esa viloyat byudjetini va viloyatga bo‘ysunuvchi tumanlar va shaharlar byudjetlarini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, tumanlarga bo‘linadigan shaharning byudjeti shahar byudjeti va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar byudjetlaridan iborat.
Dostları ilə paylaş: |