ishlab chiqarish vositalarining samaradorligi - shaxta, to‘g‘on, yo‘l, ko‘prik, zavod, mashinalar va tovar-moddiy zahiralarga qo‘yilgan mablag‘-lardan kutilayotgan daromadlilik stavkasi;
ishlab chiqarish vositalarini ishlatish samaradorligiga nisbatan noaniqlik darajasi;
odamlarning vaqtinchalik afzal ko ‘rishi - odamlar qanchalik darajada tovar va xizmatlarni iste’mol qilishni ertaga emas bugun xohlaydilar;
riskni yoqtirmaslik - investitsiya bo‘yicha riskni qisqartirish maqsa-dida yuqori daramadlilikdan voz kechishga rozi odamlar soni.
Quyida Sizning e’tiboringizga har bir omilning qisqacha tavsifi havola etiladi. Ishlab chiqarish vositalaridan kutilayotgan samaradorlik. Inve-stor tomonidan kutilayotgan daromadlilik stavkasi miqdoriga ta’sir qiluvchi birinchi omil ishlab chiqarish vositalari samaradorligi (productivity of capital goods) hisoblanadi. Ma’lumki, boshqa narsalarni ishlab chiqarishda foydalaniladigan narsalar ishlab chiqarish vositalari hisoblanadi. Shaxtalar, yo‘llar, kanallar, to‘g‘onlar, elektrostansiyalar, zavodlar, mashinalar va tovar-moddiy zaxi-ralarni ishlab chiqarish vositalariga misol sifatida keltirishimiz mumkin. Kapitalning ushbu fizik (moddiy) aspekt31i (jihati)dan tashqari, “kapital” tushunchasiga unumdorlikni oshirishga yordam beruvchi patentlar, shartnomalar, formulalar, firma nomlari, shuningdek ishlab chiqarish va ta’minot strukturasi kiradi. Bunday ushlab bo‘lmas narsalar (nomoddiy kapitallar) ko‘pincha ilmiy-tadqiqot va tajriba- konstruk-tor32lik ishlanmalari va reklamaga ketgan xarajatlar natijasi hisoblanadi. Bir yilda kapitaldan foydalanish samaradorligini kiritilgan kapi-talning daromadlilik stavkasi (rate of return on capital) deb nomlanuvchi foizli ko‘rsatkich sifatida ta’riflash mumkin. Aynan shu daromad fir-malar tomonidan chiqarilgan aksiya, obligatsiya va boshqa moliyaviy instru-ment (vosita)lar egalariga dividend va foizlar to‘lab berish manbai hisoblanadi. Ushbu hamma instrument (vosita)lar kapitaldan foydalanish orqali keladigan daromad qismiga talabni bildiradi. Qo‘yilgan kapi-talning kutilayotgan daromadlilik stavkasi investitsiya vaqti va joyiga, iqtisodiyotning holatiga, boshqa ishlab chiqarish omillarining, ya’ni tabiiy resurslar va ishchi kuchining yetarlilik darajasiga, ushbu kapitaldan foydalanib ishlab chiqarilishi mumkin bo‘lgan tovarlar va xizmatlarning talab darajasiga bog‘liqdir. Qo ‘yilgan (joylashtirilgan, kiritilgan) kapitalning kutilayotgan daromadlilik darajasi qanchalik yuqori bo ‘lsa, iqtisodiyotdagi foiz stavkalarining darajasi shunchalik baland bo ‘ladi. Ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish samaradorligiga nis-batan noaniqlik darajasi. Qo‘yilgan kapital bo‘yicha daromadlilik stavkasining noaniqlik darajasi yuqoriligini ko‘rsatuvchi juda ko‘p sabablar mavjud. Masalan, hosilga oldindan bilib bo‘lmaydigan ob-havo sharoiti ta’siri; shaxta va quduqlarning taxmin qilinganidek resurslarga boy bo‘lmasligi; mashinalarning vaqt-vaqti bilan eskirishi va buzilishi; mahsulotga talabning iste’molchilar ta’bi yoki alternativ tovarlarning paydo bo‘lishi tufayli kutilmaganda o‘zgarishi; yana ustiga-ustak, yangi bilimlarning rivojlanishi oqibati sifatidagi texnik taraqqiyotni o‘z tabiatiga ko‘ra mutlaqo oldindan bilib bo‘lmaydi. Hatto tovar-moddiy zaxiralardagi tovarlarni kelajakda ulardan foydalanish uchun saqlashning oddiy jarayonini ham ma’lum risk darajasidan xolis deb hisoblab bo‘lmaydi. Sababi: vaqt o‘tishi bilan qancha miqdordagi tovar eskirib yoki buzilib qolishini oldindan aniq aytish qiyin. Aksiyalar - bu ishlab chiqarish vositalaridan foydalanishdan olingan daromadga nisbatan talabdir. Ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish samaradorligi borasida noaniqlik darajasi qanchalik yuqori bo ‘lsa, qo ‘yilgan aksiyalar bo ‘yicha risk uchun mukofot shuncha yuqori bo ‘ladi. Odamlarning vaqtinchalik nimanidir afzal ko‘rishi (nimagadir ustuvorlik berishi). Daromadlilik stavkalari darajasiga ta’sir qiluvchi keyingi omil inson psixologiya33sidir. Odamlar, odatda hayotning hamma ne’matlaridan ertaga emas, aynan bugun foydalanishni afzal ko‘radilar. Iqtisodchilar ko‘pincha mablag‘larni kiritish mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish vositalari bo‘lmagan taqdirda ham foiz stavkasi ijobiy bo‘ladi, shuningdek, odamlarning pul berish va qarz olishlari uchun yagona sabab ularning umri davomida xohish-istaklarining doimo o‘zgarib turishidir, degan taxmindan kelib chiqib ish ko‘radilar. Umuman olganda, odamlar tovar va xizmatlarni ertaga qoldirmasdan bugun iste’mol qilishni qanchalik ko‘p afzal ko‘rsa, iqtisodiyotda foiz stavkasi shuncha yuqori bo‘ladi. Odamlar, odatda, hayotning hamma ne’matlaridan ertaga emas, bugun foydalanishni afzal ko‘rishlarining sabablaridan biri ular qachon o‘lishining noma’lumligidir. Inson hozir tirikligini biladi va u bugunning o‘zida imkoni boricha o‘zining barcha ehtiyojlarini qondirib, hayotning ne’matlaridan rohat olmoqchi. Kelajakka kelsak, doimo bu ishni keyin ham qila olishi bo‘yicha qandaydir darajada mavhumlik mavjud bo‘ladi. Riskni yoqtirmaslik (xush ko‘rmaslik, qabul qilmaslik, tan olmaslik). Yuqorida aytib o‘tganimizdek, tikilgan (joylashtirilgan, kiritilgan) kapitalning daromadlilik stavkasi doim risk bilan bog‘liq bo‘ladi. Shu munosabat bilan quyidagi savolning tug‘ilishi, tabiiy: bozor iqtisodiyoti sharoitida kafolatlangan foiz stavkasini olish imkoniyati bormi va uni nima belgilaydi? Bu savolning javobi quyidagicha: moliya tizimi riskdan holi aktivlarga pul tikishni istagan kishilarga ma’lum imkoniyatlar yaratib beradi. Buning uchun ular tikilgan (joylashtirilgan, kiritilgan) kapi-taldan kutilgan daromadning ma’lum qismidan voz kechishlari zarur. Riskdan uncha qo‘rqmaydigan kishilar34 riskka toqati yo‘q kishilar35ga kafolatlangan foiz stavkasi olish imkoniyatini beradilar. Biroq, bu stavka risk darajasi yuqori bo‘lgan aktivlar bo‘yicha kutilgan o‘rtacha daromadlilik stavkasidan past bo‘ladi. Aholi orasida riskni tan olmaslik darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, risk uchun mukofot shunchalik yuqori va risksiz foiz stavkasi miqdori shuncha past bo‘ladi. mavzu. Moliyaviy vositachilar Reja: Banklar va boshqa depozit-jamg‘arma muassasalari
Sug‘urta kompaniyalari
Pensiya fondlari
O‘zaro fondlar
Investitsion banklar
Venchur kompaniyalariga kapital qo‘yuvchi firmalar va aktivlarni boshqaruvchi firmalar
Axborot xizmatlarini ko‘rsatuvchi firmalar Banklar va boshqa depozit-jamg‘arma muassasalari
Moliyaviy vositachilar shunday firmalarki, ularning asosiy vazifasi moliya bozoridagi mijozlarni shaxsan ular ishtirokidagi operatsiyalaridan ko‘ra yuqoriroq samara beradigan moliyaviy mahsulot va xizmatlar bilan ta’minlashdan iborat. Eng umumiy ko‘rinishda ularning tarkibini quyi-dagicha tasavvur etish mumkin (8.1- rasm):
8.1-rasm. Moliyaviy vositachilarning eng umumiy tarkibi67.
Moliyaviy vositachilarning asosiylari sifatida banklar, investitsiya va sug‘urta kompaniyalarini ko‘rsatish mumkin. Ularning moliyaviy mahsulot-lariga, boshqalar qatorida, chek hisobvaraqlari, kreditlar, ipotekalar, o‘zaro fondlarning qimmatli qog‘ozlari va keng ko‘lamli sug‘urta shartno-malari kiradi. Moliyaviy vositachiga eng oddiy misol sifatida o‘zaro fondni olishimiz mumkin. U ko‘pchilik mayda investorlarning moliyaviy resurslarini birlashtiradi va yig‘ilgan mablag‘larni qimmatli qog‘ozlarga qo‘yadi (joylashtiradi). Bunday fondlar o‘z operatsiyalari masshtabining kengligi tufayli qimmatli qog‘ozlar hisobi va savdosida sezilarli darajada tejamkorlikka erishadi va tabiiyki, mijozlarga mablag‘larni qimmatli qog‘ozlarga investitsiya qilishning bevosita fond bozoridagi qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisidan ko‘ra samaraliroq usullarini taklif qiladi. Hozirgi kunda banklar eng yirik (aktivlari nuqtai nazaridan) va qadimiy moliyaviy vositachilar hisoblanadi. Birinchi banklar bundan yuzlab yillar avval Uyg‘onish davrida Italiya shaharlarida paydo bo‘lgan. Ularning asosiy funksiyasi hisob va kliring operatsiyalarini amalga oshirish uchun to‘lov mexanizmlarini taklif qilish bo‘lib, bu o‘sha paytda keskin o‘sish davrini boshdan kechirayotgan savdo-sotiqning tovar va xizmatlar bilan rivojlanishiga yordam bergan. Birinchi banklarni ayirboshlovchi (almash-tiruvchi)lar ochgan. Aytish joizki, “bank” so‘zi "banca" (italyanchadan tarjima qilganda - suyanchiqli uzun kursi) so‘zidan kelib chiqqan. Sababi, ayirboshlovchi (almashtiruvchi)lar pullarni suyanchiqli uzun kursida o‘tirib almashtirganlar. Bizning kunlarda bank deb nomlanuvchi ko‘pchilik firmalar kamida ikkita: omonatlarni qabul qilish va qarz berish funksiyalarini bajaradi. AQShda bu turdagi muassasalar tijorat banklari (commercial banks) deb nomlanadi. Ayrim mamlakatlarda banklar deyarli har qanday moliyaviy funk-tsiyalarni bajaruvchi moliyaviy vositachilar hisoblanadi. Ular mijozlarga faqat pullarni o‘tkazish va qarz berish bo‘yicha turli operatsiyalarni bajarishga oid xizmatlarni taklif etibgina qolmay, balki o‘zaro fondlar va sug‘urta kompaniyalari funksiyalarini ham bajaradilar. Masalan, Germa-niyada universal banklar deb nomlanuvchi banklar ko‘proq ixtisoslashgan moliyaviy vositachilarga xos bo‘lgan deyarli barcha moliyaviy funksiyalarni bajaradilar. Oxirgi vaqtlarda, har xil turdagi moliyaviy institutlar o‘rtasida ular qaysi moliyaviy xizmat turlarini taklif qilayotganligi asosida chegara tortish borgan sari qiyinchilik tug‘dirmoqda. Masalan, Deutsche Bank garchi klassifikatsiya36bo‘yicha universal bank hisoblansa-da, uning funk-tsiyalari, odatda qimmatli qog‘ozlar bilan broker-dilerlik operatsiyalariga ixtisoslashgan banklar sirasiga kiruvchi Merrill Lynch Bank funksiya-laridan ozginaga farq qiladi, xolos.