“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari



Yüklə 3,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/202
tarix21.10.2023
ölçüsü3,16 Mb.
#158949
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   202
Moliya UMK

2.
 
Investitsiya loyihalari uchun diskont darajani hisoblash 
Jahonda moliyaviy globallashuvning jadal sur’atlarda rivojlanishi va 
mamlakatlarning o‘zaro integratsiyalashuvi natijasida xalqaro darajada kapital 
harakati yuzaga kelmoqda. Hozirgi kunda xalqaro kapital migratsiyasi rivojlangan 
mamlakatlardan rivojlanayotgan bozorlarga ko‘chmoqda. Bu o‘z navbatida, 
xalqaro investitsiyalar uchun loyihalarni baholashning ahamiyatini oshirmoqda.
SHu sababli, mazkur tadqiqot ishida CAPM modeli yordamida 
kompaniyalar tomonidan amalga oshiriladigan investitsiyalar uchun kapital 
bahosini hisoblashni boshqa malakatlarga investitsiyalarni amalga oshirishda 
qo‘lanilishi o‘rganildi. 
Xorijga investitsiya qilish ma’lum qo‘shimcha risklarga ega. CHet elga 
investitsiya qilish har doim investorlar uchun risklimi? Bu savolga bir misol 
yordamida javob qidirishga harakat qilinadi. Amerikalik investor uchun S&P 
indeksiga investitsiya qilgan riskliroqmi, yoki Misr fond birjasigami? Albatta, 
Misrga investitsiya qilish riskliroq, faqat unda risk umumiy dispersiya sifatida 
aniqlanadigan bo‘lsa. Misrga investitsiyaning betasi qanchalik yuqori va u 
Amerikalik investorning diversifikatsiyalangan portfeliga qanchalik risk qo‘shadi?
Mazkur savolga javob berish uchun Misr, Polsha, Tailand va Venesuela kabi 
davlatlarga investitsiya qilish imkoniyatlari o‘rganildi. 1.3.1-jadvalda Misr, Polsha, 
Tailand va Venesuela bozorlarining beta-koeffitsentlari keltirilgan. Bu bozorlar 
daromadliligining o‘rtacha kvadrat og‘ishishi AQSHga qaraganda 2-3 barobar 
katta, lekin faqat, Tailandda beta-koeffitsenti 1 dan oshadi. Buning sababi zaif 
korrelyasiya koeffitsenti bilan bog‘liq. Bashqacha qilib aytganda, Tailand fond 
bozoriga investitsiya qilish riski boshqa davlatlarga nisbatan yuqori. Misr fond 
bozorining o‘rtacha kvadrat og‘ishishi S&P indeksidan 3.1 barobar katta, lekin 
korrelyasiya koeffitsenti atigi 0.18 ni tashkil qiladi. Bundan ko‘rinadiki, 
Amerikalik investor uchun Misrga investitsiya qilish katta risk darajasiga ega 
emas.
Albatta, xorijiy investitsiyalar ichki bozordagidek xavfsizligini isbotlamaydi. 
Ammo, u bizga doim diversifikatsiya qilinadigan risk bilan bozor riskini ajratish 
kerakligini eslatib turishi kerak. Xorijiy loyihalar uchun kapital jalb qilishning 
muqobil xarajatlari faqat bozor riskiga bog‘liq. 
Keling, endi masalaga boshqa tomondan yondashamiz. Faraz qilaylik, 
shveysariya farmatsevtika kompaniyasi Bazel shahri yaqinidagi yangi qurilajak 
fabrikaga investitsiya qilmoqchi. Moliyaviy menejer shveysariya frankida pul 


156 
oqimlari prognozini tuzib, uni frankda hisoblangan diskont stavkada hisoblaydi. 
Madomiki loyiha riskka ega ekan, kompaniya shveysariya frankidagi foiz 
stavkadan ko‘ra yuqori daromad talab qiladi. SHu bilan birga loyihani o‘rtacha risk 
darajasini kompaniyaning SHveysariyadagi boshqa aktivlari bilan solishtiramiz. 
Loyihaning kapital bahosini hisoblashda kompaniya menejeri AQSHlik hamkasbi 
qilgan ishni qiladi. 
17.1-jadval

Yüklə 3,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin