“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari


E  -  xususiy  kapitalning bozor qiymati,  D



Yüklə 3,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/202
tarix21.10.2023
ölçüsü3,16 Mb.
#158949
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   202
Moliya UMK



xususiy 
kapitalning bozor qiymati, 

– qarz kapitalining bozor qiymati, – xususiy 
kapitalning bahosi, – qarz kapitalining bahosi, 

– soliq stavkasi.
WACC kapital bahosini hisoblash uchun nazariy jihatdan to‘g‘ri hisoblash 
o‘z navbatida uchta alohida qismlarga ajratilishi mumkin:
1. Kapital tarkibini baholash.
2. Xususiy kapitalni moliyalashtirish uchun kapital bahosini hisoblash.
3. Qarz kapitalini moliyalashtirish uchun kapital bahosini hisoblash.
WACCni aniqlashdagi birinchi qadam – bu, kompaniyaning kapital tarkibini 
baholash bo‘lib, u quyidagi to‘rt ma’lumot orqali baholanadi:
- Joriy kapital tarkibi bozor qiymatiga asoslanadi.
- Solishtiriladigan kompaniyalarning kapital tarkibi taqqoslanadi.
- Kelajakda mumkin bo‘lgan kapital tarkibi moliyaviy siyosat va korporativ 
boshqaruv strategiyasiga asoslanadi.
- Kapital tarkibi mumkin bo‘lgan past WACC darajasiga etarli darajada 
foizni qoplash, hamda operativ va moliyaviy risk o‘rtasidagi ijobiy balansni 
ta’minlash vaqtida erishiladi.
Joriy kapital tarkibi turli xil kapitalning balans qiymati orqali emas, balki 
bozor qiymatidan foydalanib hisoblanishi lozim. Bu jarayon kompaniya tomonidan 
emissiya qilingan aksiya va obligatsiyalar moliya bozorida sotilgan taqdirdagina 
aniq bo‘ladi. Ammo, ko‘p hollarda bozor bahosi ochiq emas va bu borada turli xil 
yondashuvlar mavjud. Birinchi e’tibor qaratish kerak bo‘lgan narsa bu aksiya yoki 
obligatsiyaning bozor qiymatini ko‘rsatish uchun kompaniya tomonidan qimmatli 
qog‘ozlar bo‘yicha amalga oshirilgan so‘ngi tranzaksiyalardir. Agar, u so‘ngi 
tranzaksiyalar bo‘lsa, u zarur bozor qiymatini aniqlashni ta’minlaydi. 
Obligatsiyalarning bozor qiymatini aniqlashning yana bir yo‘li bu obligatsiyalar 
bo‘yicha barcha kelajakdagi to‘lovlarning sof joriy qiymatini hisoblash va nihoyat 
taqqoslanadigan kompaniyalarning so‘ngi tranzaksiyalari ham bozor qiymatini 
hisoblashda qo‘llanilishi mumkin.
Bundan tashqari, o‘xshash kompaniyalarning kapital tarkibini ham ko‘rib 
chiqish kerak. Agar, sanoatdagi kompaniyalarning joriy kapital tarkibi o‘rtasidagi 
farqlanishlar katta bo‘lsa uni aniqlash lozim bo‘ladi. Sababi, bunday o‘xshash 
kompaniyalar kapital tarkiblari o‘rtasidagi tafovutga agressiv strategiya, an’anaviy 
moliyaviy menejment yoki boshqa turli xil operativ risklari kabi omillar ta’sir 
qiladi.
Xususiy kapital bahosi (cost of equity) bu kompaniya tashqi investorlardan 
qo‘shimcha mablag‘ jalb qila olish bahosidir. Boshqacha qilib aytganda bu 
investorlar kompaniyaga investitsiya qilishlari uchun talab qiladigan daromad 
darajasi va u investorlar uchun muqobil xarajat sifatida ko‘rilishi mumkin. Xususiy 
kapital bahosi o‘z ichiga ikkita komponentni – risksiz (risk-free) qimmatli qog‘zlar 
va investor kompaniyaga investitsiya qilishda bo‘yniga oladigan riskka teng 
91
Yuqoridagi adabiyotga qarang.


154 
qo‘shimcha premium oladi. Xususiy kapital bahosini hisoblashning bir qancha 
usullari bo‘lib, ular ichida keng ko‘llaniladigani moliyaviy aktivlarini baholash 
modeli (
ing. 
capital asset pricing model - CAPM) hisoblanadi. CAPM modeli 
alohida moliyaviy aktiv bilan bozor o‘rtasidagi risk va daromadlilik 
ko‘rsatkichlarining bog‘liqligini ko‘rsatuvchi model bo‘lib, u 60-yillarning 
o‘rtalarida U.SHarp tomonidan yaratilib, Dj.Treynor, Dj.Lintner, YA.Mossin, 
F.Blek va boshqalar tomonidan rivojlantirildi
92
. CAPM quyidagi formula 
yordamida hisoblanadi: 
Bu erda, – risksiz daromad darajasi (risk-free rate of return), – bozor riski uchun 
mukofot (market risk premium) va – beta koeffitsient.
Risksiz daromad darajasi uzoq muddatli istiqbolda iqtisodiyotning 
kutilayotgan o‘rtacha yillik o‘sish darajasini o‘zida namoyon etadi. Lekin, bu 
o‘sish darajasi joriy tebranishlarni tuzatish orqali qisqa muddatli likvidlikni va 
inflyasiyani o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Ammo, moliyaviy tahlilchilar o‘rtasida 
ning ahamiyati borasida yagona fikr mavjud emas. Amerikalik moliyaviy 
tahlilchilar sifatida davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha daromadlilik darajasini 
olishga rozilar, lekin ularning muddati bo‘yicha ya’ni uzoq muddatlimi yoki qisqa 
muddatlimi, yagona to‘xtam yo‘q
93

Bozor riski uchun mukofot umumiy holatda portfelning daromadlilik 
darajasi bo‘lib, unda portfel tarkibiga kiruvchi aksiyalarning o‘rtacha daromadlilik 
darajasi sifatida olinadi.
Beta-koeffitsient kompaniyaning daromadlilik darajasi bilan qimmatli 
qog‘ozlarning daromadlilik darajasining o‘zaro korrelyasiyasini ko‘rsatadi. Beta 
kompaniya bilan bog‘liq bo‘lgan sistematik yoki kompaniyaning spetsifik risk 
darajasini hisoblash imkonini beradi. Agar beta 1 dan yuqori bo‘lsa kompaniya 
bozorga nisbatan yuqori risk va daromadlilik darajasiga ega deb baholaydi. Agar 
beta 1 dan kam bo‘lsa bozorga nisbatan past risk va daromadlilik darajasiga ega 
deb hisoblanadi. Biroq kompaniya ochiq aksiyadorlik jamiyati bo‘lmasa betani 
aniqlash va hisoblash odatda juda qiyin bo‘ladi. Bunday holatlarda mazkur 
kompaniyaga mos kompaniyaning beta-koeffitsentidan foydalaniladi yoki tegishli 
sektorning beta-koeffitsenti olinadi.
Qarz kapitalini moliyalashtirish uchun kapital bahosi bu kompaniya uchun 
tashqi kreditorlardan (birinchi navbatda banklar va boshqa kredit institutlari) 
mablag‘ jalib qilish bahosi. Biz bilamizki kapital bahosi qarz majburiyatlarning 
bozor qiymati bo‘yicha hisoblanadi. Qarz kapitalni moliyalashtirish uchun kapital 
bahosi quyidagi formula orqali hisoblanadi: 
94
92
CAPM modeli U.Sharp, Dj.Lintner va Ya.Mossinlar bir birlaridan mustaqil ravishda yaratganlar va shuning uchun 
bu modelni SLM modeli (mualliflar ismining birinchi harflari) deb ham ataydilar. (Sharpe, 1963,1964; Lintner, 
1965; Mossin, 1966)
93
Ko‘pchilik holda tanlanadigan Davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha daromadlilik investitsiya qilinadigan aktiv 
bilan Davlat qimmatli qog‘ozlari muddati o‘rtasidagi muddatlarning mos kelmaydi.
94
Shannon P. Pratt, Roger J. Grabowski. Cost of Capital: applications and examples. 3rd ed. John Wiley & Sons, 
Inc., 2008


155 
Bu erda, – risksiz daromad darajasi, – muqobil risk uchun mukofot 
(reasonable risk premium).
Aniqroq aytganda, qarz kapitali bahosini hisoblash, haqiqatda judda sodda 
bo‘lishiga qaramasdan, kompaniya majburiyatlari etarli darajada standartlashgan 
bo‘lishi lozim. Agar, kompaniya kapital tarkibi murakkab bo‘ladigan bo‘lsa, misol 
uchun, murrakab foiz tarkibi, xorijiy kreditlar, konvertatsiyalanadigan qarz 
majburiyatlar va h.k., unda qarz kapitalini baholashning boshqa metodlaridan 
foydalaniladi 

Yüklə 3,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin