“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari



Yüklə 3,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/202
tarix21.10.2023
ölçüsü3,16 Mb.
#158949
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   202
Moliya UMK

 
 
korporatsiyasi uchun bu ko‘rsatkich to‘lanishi kerak bo‘lgan 
hisoblar (ya’ni, korporatsiya o‘z mahsulot (mol) yetkazib beruvchilariga to‘lashi 
kerak bo‘lgan summa – 60,0 mln. so‘m, shuningdek, ular kreditorlik qarzlari deb 
ataladi) va kompaniyaning qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha qarzi (90,0 mln. 
so‘m) summasidan iborat. 
Aylanma aktivlar va qisqa muddatli majburiyatlar o‘rtasidagi farq sof aylanma 
kapital deb ataladi. Balansda bu ko‘rsatkich alohida aks ettirilmaydi. Ammo uni 
hisoblash juda oson. Demak, sof aylanma kapital summasi 20x0 yil oxiriga 150,0 
mln. so‘mni tashkil etgan. Buning uchun biz joriy aktivlar ko‘rsatkichidan (300,0 
mln. so‘m) joriy majburiyatlarni (150,0 mln. so‘m) ayirdik. 
So‘ng “XYZ” korporatsiyasi
 
 
balansining majburiyatlar guruhida uzoq 
muddatli qarzlar yoki uzoq muddatli majburiyatlar ko‘rsatilgan. Bular nominal 
qiymati 150,0 mln. so‘m va to‘lash muddati 20x7 yil deb belgilangan 
obligatsiyalardir. Ushbu majburiyatlar bo‘yicha korporatsiya belgilangan yillik 8% 
stavkasini to‘laydi. Bu degani “XYZ” korporatsiyasining
 
 
obligatsiyalarga doir 
foizlarni to‘lash bo‘yicha har yillik xarajat 12,0 mln. so‘mni tashkil etadi
demakdir. Bu xarajatlar “XYZ”
 
korporatsiyasi faoliyatining moliyaviy natijalar 
to‘g‘risidagi hisobotida aks ettiriladi.
Korporatsiya balansidagi aks ettirilishi lozim bo‘lgan ma’lumot-larning eng 
oxirgi kategoriyasi uning xususiy (aksiyadorlik) kapitalidir. Unga ko‘ra kapitalning 
to‘langan qismi, ya’ni o‘tmishda oddiy aksiyalarni muomalaga chiqarish natijasida 
olingan summa 200,0 mln. so‘mni tashkil etgan. Kompaniya biznesini 
rivojlantirishga yo‘naltirilgan taqsimlanmagan (ushlab qolingan) daromad, ya’ni 
olingan foydaning jami ko‘rsatkichi esa – 100,0 mln. so‘mga teng bo‘lgan.
Endi 20x0 31 dekabrdan 20x1 yil 31 dekabrgacha “XYZ”

Yüklə 3,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin