“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari



Yüklə 3,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/202
tarix21.10.2023
ölçüsü3,16 Mb.
#158949
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   202
Moliya UMK

XYZ” 
 
korporatsiyasining 20x1 yilgi pul oqimlari to‘g‘risidagi hisoboti 
(soddalashtirilgan shakli) 
Xo‘jalik faoliyatidan pul mablag‘larining sof kirimi (chiqimi) 
 
Sof foyda 
23,4 
Amortizatsiya (+) 
+30,0 
Olinishi kerak bo‘lgan hisobvaraqlardagi summa (debitorlik 
qarzlari)ning o‘zgarishi (-) 
-10,0 
Tovar-moddiy zaxiralar qiymatining o‘zgarishi (-) 
-30,0 
To‘lanishi kerak bo‘lgan hisobvaraqlardagi summa (kreditorlik 
qarzlari)ning) o‘zgarishi (+) 
+12,0 
Ishlab chiqarish faoliyatidan olingan pul mablag‘larining yakuniy 
harakati
25,4 
Investitsion faoliyat natijasidagi sof pul oqimlarining kirimi (chiqimi) 
Asosiy vositalarga kapital qo‘yilmalar summasi o‘zgarishi (-) 
-90,0 
Moliyaviy faoliyatdan sof pul oqimlarining kirimi (chiqimi) 
To‘langan dividendlar (-) 
-10,0 
Qisqa muddatli qarz summalarining o‘zgarishi (+) 
+94,6 
Pul mablag‘lari va bozor qimmatli qog‘ozlari summasining o‘zgarishi
20,0 
mablag‘lari o‘rtasida nima uchun farq borligini ko‘rsatib beradigan to‘rtta modda 
(bo‘lim) bor. Ular quyidagilardan iborat: 
1. Amortizatsiya xarajat (ajratma)lari; 
2. Olinishi kerak bo‘lgan (debitorlik) hisob-varaqlardagi summalar-ning 
o‘zgarishi; 
3. To‘lanishi kerak bo‘lgan (kreditorlik) hisob-varaqlardagi summalar-ning 
o‘zgarishi; 
4. Tovar-moddiy boyliklar qiymatining o‘zgarishi. 
Endi “XYZ”
 
korporatsiyasi hisobotining ushbu qismlarini batafsil-roq 
o‘rganib chiqamiz. 
Birinchidan, 20x1 bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari summasi 30,0 mln. 
so‘mni tashkil etdi va 20x1 yil bo‘yicha sof foyda hisoblab chiqilayotganda bu 
xarajatlar miqdori, garchi ular pul shaklida amalga oshirilmagan bo‘lsa-da, 
kompaniya daromadlari summasidan chiqarib tashlangan edi. Buning sababi 
shundaki, ekspluatatsiya jarayonida amortizatsiya ajratmalari hisoblanadigan 
asosiy vositalar (zavod binolari va asbob-uskunalar)ni sotib olishga ketgan pul 
mablag‘lari chiqimi ushbu aktivlar dastlab sotib olinganda hisobga olinadi. Ammo 
bunda amortizatsiya ajratmalari xarajat hisobla-nadi va firma ushbu bino va asbob-
uskunalarni ekspluatatsiya qiladigan keyingi yillarda shu xarajatlarni hisobga oladi. 
Demak, sof foyda ko‘rsatkichidan kelib chiqqan holda ishlab chiqarish faoliyatidan 


93 
olingan tushum ko‘rsatkichini aniqlash (olish) uchun, avvalo, birinchi navbatda
birinchi songa amortizatsiya ajratmalarini qo‘shish kerak.
Keyin, biz tahlil qilayotgan hisobotda 10,0 mln. so‘m miqdorida olinishi kerak 
bo‘lgan debitorlik qarzlari summasining ortishi aks ettirilgan. Bu ko‘rsatkich yil 
davomida firma ko‘rgan foyda summasi va firma amalda xaridorlardan olgan pul 
miqdori o‘rtasidagi farqni ko‘rsatadi. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotdan 
olingan ma’lumot-larga ko‘ra “XYZ”
 
 
korporatsiyasi 20x1 yilda jami 200,0 mln 
so‘m miqdorida tovar ishlab chiqarib, jo‘natgan va xizmat ko‘rsatgan hamda bu 
to‘lovlarni talab qilgan. Ammo amalda firma xaridorlardan faqat 190,0 mln so‘m. 
olgan. Demak, sof foyda ko‘rsatkichi asosida ishlab chiqarish faoliyatidan olingan 
tushum ko‘rsatkichiga ega bo‘lish uchun birinchi ko‘rsatkichdan 10,0 mln. so‘m 
(debitorlik qarzining ortishi)ni ayirib tashlash kerak. 
Bundan tashqari, hisobotda tovar-moddiy zaxiralar qiymatining 30,0 mln. 
so‘m miqdorida ortgani qayd etilgan. Bu tovar-moddiy zaxiralarning yil oxiridagi 
qiymati shu davrning yil boshidagi qiymatidan 30,0 mln. so‘mga ko‘p, deganidir. 
Demak, xom ashyo sotib olish va (yoki) tovar-moddiy zaxiralarga kiritilgan tovar 
ishlab chiqarishga 30,0 mln. so‘m sarflangan va bu xarajatlar sof foyda 
hisoblanayotganda inobatga olinmagan. Shunday qilib, sof foyda ko‘rsatkichi 
asosida operatsion faoliyatdan olingan tushum
ko‘rsatkichiga ega bo‘lish uchun 
birinchi ko‘rsatkichdan 30,0 mln. so‘m (ya’ni, 20x1 yilda tovar-moddiy boyliklar 
qiymati oshishi)ni ayirib tashlash kerak. 
Hisobotning to‘rtinchi moddasi (bo‘limi)da to‘lanishi kerak bo‘lgan summa 
(kreditorlik qarzi)ning 12,0 mln. so‘mga oshgani aks ettirilgan. Bu son “XYZ”
 
 
korporatsiyasining hisobot yilida sotilgan tovarlari tannarxi (110,0 mln. so‘m) va 
unga mahsulot (mol) yetkazib beruvchilar va xodimlarga to‘langan pul miqdori 
(hajmi) o‘rtasidagi farqni o‘zida mujassam etadi. Sof foyda hisoblanayotganda 
110,0 mln. so‘m to‘liqligicha chiqarib tashla-nadi. O‘z navbatida, operatsion 
faoliyatdan kelgan pul oqimlari hisobla-nayotganda esa firma haqiqatda to‘lagan 
faqat 98,0 mln. so‘m chiqarib tashlanadi. Shunday qilib, sof foyda ko‘rsatkichi 
asosida ishlab chiqarish faoliyatidan olingan tushum ko‘rsatkichiga ega bo‘lish 
uchun sof foyda summasiga 12,0 mln. so‘mni qo‘shish kerak.
Shunday qilib

amin bo‘ldikki, ishlab chiqarish faoliyatidan olinadigan pul 
tushumlari ko‘rsatkichi bilan kompaniyaning sof foydasi mos keladi, deb 
ta’kidlash uchun bizda hech bir asos yo‘q. Ularni bir-biriga moslashtirish uchun 
sof foydani, biz yuqorida muhokama etgan, hisobotning to‘rtta moddasi (qismi)ni 
hisobga olgan holda to‘g‘rilash kerak.
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot “hisoblash metodi” asosida turli hisob 
yuritish standartlari qo‘llaniladigan turli mamlakatlarda o‘z sof foydasi yuzasidan 
hisobot beradigan kompaniyalarning iqtisodiy ko‘rsat-kichlarini taqqoslash uchun 
juda muhim.
Investitsion faoliyat munosabati bilan pul oqimlari aks ettirilgan jadvalning 
ikkinchi bo‘limida ko‘ramizki, 20x1 yil davomida “XYZ” kompaniyasi yangi 
zavod binolari va asbob-uskunalar sotib olishga 90,0 mln. so‘m sarflagan. 
Hisobotning uchinchi bo‘limida – moliyaviy faoliyat natijasida pul oqimlari 


94 
harakatida – korporatsiya o‘z aksiyadorlariga dividend tariqasida pul shaklida 10,0 
mln. so‘m to‘lagan va 94,6 mln. so‘m miqdorida qarz olgan va o‘zining qisqa 
muddatli qarzini ko‘paytirgan. 
Yuqorida bayon etilganlarga yakun yasab, aytish mumkinki, “XYZ” 
 
kompaniyasining ishlab chiqarish, investitsion va moliyaviy faoliyati uning 
ixtiyoridagi pul mablag‘lariga (pullar va bozor qimmatli qog‘ozlari) ta’sir 
ko‘rsatishi natijasida ularning hajmi 20x1 yil oxiriga kelib, 20,0 mln. so‘mga 
oshgan. Bu summaga quyidagi tarzda erishilgan: ishlab chiqarish operatsiyalari 
natijasida“XYZ” kompaniyasi 25,4 mln. so‘m miqdorida daromad olgan va bundan 
tashqari, 94,6 mln so‘m miqdorida qo‘shimcha qarz (zayom) olgan. Jami bu 120,0 
mln. so‘m miqdorida tushumni hosil qiladi. Bu summadan 90,0 mln. so‘m yangi 
asosiy vositalar sotib olishga, 10,0 mln. so‘m esa aksiyadorlarga dividend to‘lashga 
sarflangan. 

Yüklə 3,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin