“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari


Qo’yilgan masala va tenglamadan bilganlarimiz quyidagilar



Yüklə 3,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə185/202
tarix21.10.2023
ölçüsü3,16 Mb.
#158949
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   202
Moliya UMK

 
Qo’yilgan masala va tenglamadan bilganlarimiz quyidagilar: 
 
1. Jami o’zgarmas xarajatlar = $100,000
 
2. Mahsulot birligi sotuv narxi = $10
 
3. Mahsulot birligiga to’g’ri keluvchi o’zgaruvchan xarajat = $6
 
2-ish: Raqamlarni qo’yib chiqish 
Bu ma’lumotlarni (3) tenglamaga qo’yadigan bo’lsak:
 
3-ish: Natijalarni tahlil qilish
Shu tariqa, Pierce Grain kompaniyasi kelgusi yilda faqatgina o’zgarmas 
xarajatlarni qoplash uchun 25,000 birlik mahsulot sotishi kerak. Eng muhimi
25,000 birlik mahsulotni sotganidan so’ng Pierce Grain kompaniyasi 25,000 birlik 
mahsulotni ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlarni ham qoplaydi va FSTD=0 
bo’ladi. 
 
 
Zararsizlik nuqtasining puldagi ifodasi
Ko’p turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi firma uchun zararsizlik nuqtasini 
mahsulot birligi emas, balki sotilgan mahsulotning puldagi qiymati orqali ifodalash 
qulayroq. Aslida esa, savdo muayyan mahsulotlar tuzilmasi uchun umumiy maxraj 
bo’lib xizmat qiladi. Shuningdek, tashqi tahlilchi mahsulot birligi qiymati haqidagi 
ichki ma’lumotlarni ola olmasligi mumkin. Shunday bo’lsada, u firmadan yillik 
hisobotlarni olish imkoniyatiga ega. Agar tahlilchi yillik hisobotda berilgan 
firmaning jami xarajatlarini o’zgarmas va o’zgaruvchan xarajatlarga ajrata olsa, u 
holda, umumiy puldagi ifodalangan zararsizlik nuqtasini hisoblashi mumkin 
bo’ladi.
 
 
 


215 
 
 
 
 
 
 
 
Biz bu jarayonni “Pierce Grain” kompaniyasining xarajatlar strukturasidan 
foydalangan holda tasvirlaymiz. Tasavvur qiling, hisobot berilgan moliyaviy 
ma’lumotlar 21.1-jadvalda ko’rsatilganidek ko’rinishga ega. Agar biz xarajat-
savdo-foyda tahlili asoslanadigan sodda matematik bog’liqlikdan xabardor bo’lsak, 
u holda biz 21.1-jadvaldan Pierce Grain kompaniyasi uchun puldagi zararsizlik 
nuqtasini topishda foydalanishimiz mumkin bo’ladi. 

Yüklə 3,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin