53
1966 yildan 1970 yilga qadar bo‘lgan davrda bankirlar mamlakatni kredit
kartochkalari bilan deyarli to‘ldirib tashladilar. Shu davrga qadar AQSh bu kabi
holatni ko‘rmagan edi.
Ushbu harakat faxriylarining ko‘pchiligi hozir o‘tgan asr 60-yilla-rining
oxiri haqida banklar katta miqdorda ziyon ko‘rgan, jamiyatda sarosima va federal
51
qonunchilikda chalkashliklar avjiga chiqqan ahmoqona bir davr bo‘lganligini
gapirishadi. Shu bilan birga ularning hammasi, bu aqldan ozishning zaruriyat
bo‘lganligi to‘g‘risida bir xilda fikrlashar edi. O‘sha yillarning tartibsizligidan
elektron kredit kartochkalarning zamonaviy tizimi vujudga keldi. Usiz bank kredit
kartochkalari bugundagiday: pul sohasidagi inqilobning plastik ramzi sifatida hech
qachon mavjud bo‘lmasligi mumkin edi.
Shunday qilib, kredit kartochkalarining yirik firma-emitentlari o‘rtasidagi
raqobat tufayli, mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xarajatlar deyarli katta emas.
Hozirgi davrda sayohat qilishga jo‘nayotgan ko‘pchilik odamlar uchun kredit
kartochkalaridan foydalanish nafaqat qulay, balki yo‘l cheklariga qaraganda
foydaliroqdir.
Oxirgi mulohaza bizni moliyaviy innovatsiyalarga nisbatan yana bir fikrga
olib keladi. Odamlar ehtiyojining va moliyaviy xizmatlar ko‘rsa-tadigan
tashkilotlar o‘rtasidagi ta’sirning tahlili, moliyaviy tizimda kelgusidagi o‘zgarishlar
to‘g‘risida bashorat qilishga imkon beradi. Masa-lan, to‘lovning kredit
kartochkalaridan foydalanish kabi usulining ulkan afzalliklarini hisobga olgan
holda, yo‘l cheklari kelajagi to‘g‘risida o‘ylab ko‘rish kerakmikan? Bu cheklarni
ham, kalkulyator kashf qilingandan so‘ng, logarifmik lineykaga kelgani kabi taqdir
kutmayotganmikan?
Kredit kartochkalari – bu shunchaki oxirgi 40-50 yil ichida ishlab chiqilgan,
iqtisod sohasida odamlarning faoliyat xarakterini tubdan o‘zgartirgan ko‘plab
moliyaviy mahsulotlar misollaridan biridir, xolos. Barcha ushbu innovatsiyalar
jami bo‘lib, risk va daromadlilik o‘rtasidagi samarali balans (muvozanat)ni topish,
shaxsiy investitsiyalarni to‘g‘ri sarflash, shuningdek, mehnatga layoqatli davrda
mablag‘larni yig‘ish va ularni pensiyaga chiqqanda ishlatishni qo‘shgan holda,
butun hayoti davomida o‘zining individual ehtiyojlariga tuzatish kiritish
imkoniyatlarini oshirdi(lar).
Dostları ilə paylaş: