54
6.1-rasm.
Zamonaviy moliyaviy bozorning eng umumiy ko‘rinishi
Eng sodda tarzda aytiladigan bo‘lsa, moliyaviy
bozorda moliyaviy aktivlar
sotiladi va sotib olinadi. O‘z navbatida, q
arz majburiyatlari (debt), aksiyalar
(equity)
va
hosila qimmatli qog‘ozlar (derivatives)
moliyaviy aktivlarning asosiy
turlaridan bo‘lib
hisoblanadi
.
Qarz instrumentlari pulni qarzga oluvchi hamma –
firmalar, hukumatlar va uy xo‘jaliklari – tomonidan chiqariladi. Tegishli ravishda,
qarz majburiyatlari bozorida korporativ va davlat obligatsiyalari, uy-joy
va tijorat
garovlari, shuningdek iste’mol qarzlari kabi aktivlar bilan savdo qilinadi. Qarz
instrumentlarini yana
qayd qilingan daromad instrumenti
(fixed-income
instruments) deb ham atashadi. Zero, ular bo‘yicha
kelgusida qayd qilingan
summani to‘lash va’da qilinadi. Ularni yana
qattiq foizli qimmatli qog‘ozlar
deb
atash ham mumkin.
Qarz instrumentlari,
shuningdek,
qarzni uzish muddati (maturity)
asosida
ham klassifikatsiyalanadi. Qisqa muddatli (qarz uzish muddati bir yildan kam
bo‘lgan) qarz majburiyatlari bozori
pul bozori
(money market) nomiga ega. Uzoq
muddatli qarz majburiyatlari
va aksiyalar bozori esa
kapital bozori
(capital
market) deb nomlanadi.
Pul bozorida, asosan, yo xususiy sektorning
ishonchli qarz oluvchilari
tomonidan (veksellar va yirik korxonalarning boshqa tijorat qog‘ozlari) yoki davlat
tomonidan (masalan, g‘aznachilik vekseli) chiqarilgan foizli qimmatli qog‘ozlar
kabi instrumentlar aylanadi.
Zamonaviy pul bozorlari uchun global integratsiya
52
va
Dostları ilə paylaş: