51
kartochkani bergan bank to‘lovni kafolatlashi holati) tekshiriladi. Shundan so‘ng
Sizga kvitansiyaga imzo qo‘yish va yana sayohatni davom ettirish qoladi, xolos.
Bundan tashqari, bu tizimda pulni yo‘qotish yoki uni o‘g‘irlatish to‘g‘risida
xavotir olmasangiz ham bo‘ladi. Agar Siz kredit kartochkangizni topolmayotgan
bo‘lsangiz, yo‘qolgan kartochkani beruvchi bank bilan ulangan yaqinda joylashgan
istalgan bankka yo‘l olasiz. Bank uni bekor qiladi (undan boshqa odam foydalana
olmasligi uchun) va yangisini beradi. Ko‘p banklarda bu holatda hatto kredit
olishingiz ham mumkin.
Xalqaro sayohatlar kredit kartochkalarining joriy qilinishi tufayli ancha
qulay va arzon bo‘lib qolganligiga hech kimda shubha yo‘q. Ularni kashf qilish va
tarqatish millionlab odamlarga foyda keltirdi va moliyani «demokratlashtirish»ga
imkon tug‘dirdi. Lekin bu qanday ro‘y berdi? Quyida Sizlarga kredit kartochkalari
misolida moliyaviy innovatsiya-larning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi asosiy
omillarni ko‘rib chiqishni taklif etamiz.
Shuni alohida qayd etish joizki, bu jarayonda texnologiya
48
eng muhim omil
hisoblanadi. Kredit kartochkalarning qo‘llanilishi faqatgina tele-fon va kompyuter
tarmoqlari, shuningdek, boshqa o‘ta murakkab telekom-munikatsiya tizimlari,
axborotga ishlov berish uchun dasturiy ta’minot yaratilishi natijasida amalga oshdi.
Biroq, kredit kartochkalari zamonaviy moliyaviy tizimning muhim qismiga
aylanishi uchun, foyda olish maqsadida yangi imkoniyatlarning doimiy qidiruvida
bo‘lgan va moliyaviy xizmatlarni taklif qiluvchi firmalar, ushbu ilgarilab ketgan
texnologiyadan foyda-lanishga tayyor bo‘lishlari lozim edi. Bu narsa, o‘z
navbatida, ikkinchi tomondan uy xo‘jaligi va boshqa firmalarga ushbu
kartochkalarni sotib olishga tayyor bo‘lishlarini taqozo etar edi.
Innovatsiyalar tarixida (moliyaviy va boshqa istalgan sohalarda) biror-bir
potensial iqtisodiy foydali g‘oyani ishlab chiqishda ko‘pincha birinchi bo‘lgan
firma bundan katta foyda olmasligi holati takrorlanib turadi. Bu kredit
kartochkalariga nisbatan ham adolatli (tegishli)dir. Xalqaro sayohatlarga kredit
kartochkasini ishlatishni taklif qilgan birinchi kompaniya Ikkinchi jahon urushi
tugashidan so‘ng darhol asos solingan
Dostları ilə paylaş: