1-nazorat uchun savol Qarz majburiyatlari, aksiyalar va hosilaviy qimmatli qog‘ozlarning asosiy
xarakteristikalari qanday?
7-mavzu. Moliyaviy bozor stavkalari Reja: 1. Foiz stavkalari 2. Riskli aktivlarning daromadlilik stavkasi 3. Bozor indekslari va indekslash strategiyasi 4. Inflyatsiya va real foiz stavkalari 5. Foizli stavkalarni tenglashtirish 6. Daromadlilik stavkalari darajasiga ta’sir etuvchi asosiy omillar 1. Foiz stavkalari Olin(ayot)gan mablag‘lar bo‘yicha va’da qilin(ayot)gan (promised)
daromadlik stavkasiga (yoki daromad stavkasi) foiz stavkasi deb ataladi.
Olin(ayot)gan mablag‘larning turiga qarab, turli xil foiz stavkalari mavjud.
Masalan, uy sotib olish uchun qarz oluvchi kishi ushbu qarzni
garov bo‘yicha foiz stavkasi (mortgage rate) deb nomlanuvchi foiz stavkasi bo‘yicha to‘laydi. Bank
tomonidan firmalardan undiriladigan stavka esa
tijorat krediti bo‘yicha foiz stavkasi (commercial loan rate) deb ataladi.
Kreditning har qanday turi yoki qayd qilingan daromadga ega vosita
bo‘yicha foiz stavkasi miqdori bir qator omillarga bog‘liq. Bulardan eng muhimlari
hisob-kitob pul birligi (unit of account),
to‘lov muddati (maturity) va
kredit kelishuvi shartlarining qarz oluvchi tomonidan bajarilmaslik riski, yoki
defolt riskidir (default risk). Ushbu omillarning har birini batafsilroq ko‘rib chiqamiz.
•
Hisob-kitob pul birligi to‘lovlar amalga oshiriluvchi pul birligini o‘z ichiga
oladi. Hisob-kitob birligi bo‘lib, qoidaga ko‘ra, u yoki bu mamlakatning valyutasi
hisoblanadi: dollar, yevro, frank, funt, rubl, so‘m, peso va hokazolar. Ba’zida birlik
sifatida qandaydir bir tovar qo‘llaniladi, masalan, oltin, kumush yoki tovar va
xizmatlarning standart «savati». Foiz stavkasi hisob-kitob pul birligiga bog‘liq
holda o‘zgaradi.
• Qayd qilingan daromadga ega bo‘lgan vosita bo‘yicha
to‘lov muddati – bu
davomiyligida jami olingan summani to‘lash lozim bo‘lgan vaqt. Qisqa muddatli
instrument (vosita)lar bo‘yicha foiz stavkasi, uzoq muddat-lilarining foiz
stavkasidan yuqori, past yoki teng bo‘lishi mumkin.
•
To‘lanmaslik riski qayd qilingan daromadga ega instrument (vosita)
bo‘yicha qarzning asosiy summasi yoki foizning qandaydir bir qismi qarz oluvchi
tomonidan to‘lanmaslik ehtimolini o‘z ichiga oladi. Bu riskning darajasi qanchalik
baland bo‘lsa, qarz oluvchi o‘z investorlariga uning qimmatli qog‘ozlarini sotib
olishga rozilik bildirishlari uchun shunchalik yuqori foiz stavkasini va’da qilishi
lozim.
57
Endi, keling, ushbu uch omil amalda qanday qilib foiz stavkasi darajasi
(o‘lchami)ga ta’sir etishini ko‘rib chiqamiz.