Lizing xususiyatlaridan yana biri shundaki, lizing kompaniyalarida lizing operatsiyalarini amalga oshirish uchun mablag’lari etishmaydi. Shuning uchun, lizing operatsiyalarida ko’pincha jalb qilingan mablag’lar keng qo’llaniladi. Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda lizing operatsiyalarining 85 foizi jalb qilingan mablag’lar hisobidan amalga oshirilishi qayd qilinadi. Bunda, bankning uzoq muddatli ssudalari jalb qilinadi. Ijarachi ijaraga berilayotgan (yoki olinayotgan) uskunalar qiymatining 80 foizigacha hajmda o’zoq muddatli ssuda oladi va bu uskunalarni sotib oladi. Bunda ijaraga berilayotgan uskunalar va ijara to’lovlari berilgan ssudalar uchun ta’minlangan hisoblanadi.
Ko’chmasmulklizinginingxususiyatlaribo’lib, lizing kompaniyasini mulkka egalik qilish huquqini ta’minlash yoki ishlab chiqarish ob’ektlarini qurilishida ishtirok etish maqsadida uni keyinchalik sanoat va savdo korxonalariga ijaraga topshirishdir.
Er uchastkalari va boshqa tabiiy ob’ektlar va ushningdek qonun bo’yicha erkin muomala qilish man etilgan yoki ularga munosabat bildirishning maxsus tartib- qoidasi o’rnatilgan mulklar lizingob’ektibo’laolmaydi.
Ko’chmas mulk lizingining afzalliklarini chet el iqtisodchilari quyidagicha aniqlaydilar:
Ijarachilar dastlab katta harajatlarsiz yangi zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Ijaraga olingan mulkdan foydalanish hisobiga olingan foydadan lizing bo’yicha to’lovlar olib boriladi va bu to’lovlar ijara to’lovi banligi ijara to’lovi bo’lganligi uchun soliqqa tortilmaydi.
Ijara to’lovlari miqdori shartnoma tuzish vaqtida aniqlanganligi tufayli u valyuta kursining bank protsentini o’zgarib turishiga bog’liq bo’lmaydi.
Lizing bo’yicha hisob-kitob ishlarini tayyorlashda dastgohlar joriy baholarda (ya’ni shu yilda amal qilayotgan bahoda) hisoblanadi, kelasi yillardagi pul tushumlaridan olinadigan ijara haqi esa shartnomani amal qilish davridagi dastgohlarga qo’yilgan bahoni o’zgarmasligi natijasida inflyatsiyani kamayish vositasi bo’lib qoladi (inflyatsiya ta’sirida bo’ladi).
Lizing korxona resurslarini ko’paytirish imkoniyatini beradi (bosha imkoniyatlar, manbalar bo’lmaganda).
Shartnoma tuzayotgan ijarachi bankdan bir qator moliyaviy va moliyaviy bo’lmagan, axborot, huquqiy va boshqa hizmatlar olish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Shunday qilib, ijara-sotuvchilar va xaridorlar o’zaro aloqa bog’lashining muhim bozor mexanizmi hamda ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilarni kredit aloqalarining zamonaviy shakli bo’lib yuzaga keladi.