Janubiy Koreya.Bu davlatning pul-kredit siyosati shunday tuzilganki komertsiya banklari o’z mablag’larining (zaymlarini) 35 %-ni KO’K-ga berishlari
shart. Ularnirivojlanishiuchun:Kichik biznes federatsiyasi, KO’K-lar banki, texnologiyalarni sug’urtalash fondi, Savdo va sanoat Vazirligi xizmat qiladi.
BuerdaKO’K-larninghuquqiyasoslariyaratilgan: KO’K-ni rag’batlantirish to’g’risida dokret (1966 y), KO’K – subkontrakt ishlarini rag’batlantirish to’g’risida Qonun (1978 y.), faqat KO’K-lar ishlab chiqaradigan tovarlarni aniqlangan ro’yxati (1982 y.), KO’K-larga o’za’ro yordam fondi to’g’risida qo’llanma (1984 y.); boshqaruvni tartibga solish va modernizatsiya qilish bo’yicha dekret (1989 y.) va boshqalar.
Qo’llab-quvvatlash yo’li bilan moliyaviy yordam, birinchi galda, eng yuqori eksport potentsialiga ega bo’lgan firmalarga beriladi. Shu bilan bir vaqtda kichik va o’rta korxonalar yirik kooperativ guruhlarga birlashgan bo’ladi. Ularga hukumat – moliyaviy tomondan, soliq bo’yicha va texnikaviy yordam berib turadi.
Bu erda biz ayrim mamlakatlarda kichik va o’rta biznesni qo’llab- quvvatlashning umumiy tomonlarini ko’rsatdik, xolos. Har bir mamlakat bo’yicha bu masalalarni chuqurroq va aniqroq o’rganilsa O’zbekiston Respublikasida ham kichik biznesni rivojlantirishning yo’nalishlari va imkoniyatlarini yanada aniqroq qilib ko’rsatish mumkin edi. Lekin bu masalalar maxsus izlanishlar talab etadi va ularni o’zni alohida bir mavzu deb hisoblaymiz.
Ko’pgina davlatlarda kichik biznesni rivojlantirishda franchayz tizimi ham ishlatiladi.