Shuningdek KO’K-ni kreditlash uchun o’nlab maxsus banklar xizmat qiladi. Davlat yordami shulardan iborat, imtiyozli soliqqa tortish, tezlashtirilgan amartizatsiya, bankrot bo’lganda yordam berish, KO’K-larni texnikaviy darajasini o’stirishni rag’batlantirish.
Yaponiyada kichik korxonalarga 500 dan ortiq savdo-sanoat palatalari va uning filiallari maslaxatlari, moliyaviy va bilim olish uchun yordam beradi.
Davlat yordamining moliyaviy asosini kichikbiznesniqo’llab-quvvatlashmaxsusfond-xalq fondi, shuningdek moliyaviy korporatsiya tashkil qiladi.
Qo’llab-quvvatlash ishlarini komertsiya banklari ham davlat va ijtimoiy fondlar vositachiligida olib boradi.
Frantsiya. Bu davlatda KO’K-larni qo’llab-quvvatlashdan asosiy maqsad:
- Kishilarni ish bilan ta’minlash va raqobatni kuchaytirish.
Buning uchun amalda to’g’ridan-to’g’ri yordam axborotlarga kirish, ma’muriy to’siqlarni kamaytirish, soliqni kamaytirish ishlari olib boriladi. Qo’llab-quvvatlash bo’yicha turli xil tashkilotlar yaratilgan.
Tavakkalchilik investitsiyasini sug’urtalash frantsiya jamiyati;
Biznesni tashkil etish markazlari va boshqalar. Ko’K-larni qo’llab-quvvatlash milliy siyosati davlat topshirig’iga asosan vazirlik va tashkilotlar tomonidan nazorat qilinadi.
Qo’llab-quvvatlash ishlari davlat va regionlar o’rtasida 50 % va 50 % hisobidan taqsimlangan.