Kichik va o’rta biznesning xorijiy davlatlarda qo’llab-quvvatlanishidagi tajribalar.
Ko’pgina rivojlangan mamlakatlarda kichik va o’rta korxonalarni tarkib topishi va rivojlanishi davlat yordamiga muxtoj. Ularda bu sohada katta ijobiy tajriba to’plangan. Biz bunday tajribadan O’zbekiston sharoiti va xususiyatlarini hisobga olgan xolda foydalanishimiz mumkin.
Kichik va o’rta korxonalar faoliyatini boshqarish usullar va yo’nalishlar barcha davlatlarda umumiy bo’lib, bir-biriga yaqin keladi.
Ular quyidagilar:
Kichik va o’rta korxonalarni (KO’Klarni) rivojlantirishning Davlat dasturlarini ishlab chiqilishi;
Kichik va o’rta korxonalarni qo’llab-quvvatlovchi tashkiliy tuzilmalarni tashkil etilishi (Masalan, kichik biznesning Yaponiya milliy ma’muriyati va uning joylardagi bo’linmalari);
Davlat moliyaviy yordamini ko’rsatilishi;
Masalan, Italiyada - kichik firmalarni ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlari uchun miqdorda moliyaviy yordam ko’rsatiladi; tashkil etishi;
KO’K-ni kafolatli va imtiyozli kreditlovchi firmalarni tashkil etilishi (Angliyadagi KO’K-ni moliyalashtiruvchi maxsus firmalar mavjud. Bunda davlat 70 % qarzlarni kafolatlaydi);
Kichik firmalar faoliyatini imtiyozli kreditlashni keng qo’llanilishi (Frantsiyada har yili 100 mingta korxona to’liq va qisman soliqdan ozod qilinadi).
Ayrim mamlakatlar tajribasidan misollar keltiramiz. AQSh.Bu davlatda 1953 y. kichik biznes ishlari bo’yicha ma’muriyat yaratilgan. Bu tashkilotning faoliyati - o’z ishini boshlashi uchun, uni amalga oshirishi uchun yordam ko’rsatishi, kriditlar berish kichik biznesga kafolatli qarzlar berishdan iborat.
Shu yil mamlakatda kichik biznes to’g’risida qonun qabul qilindi. 1998 y. kichik korxonalarga tashkilotlarning yangi texnologiya va ilmiy-texnik, tajriba- konstruktorlik ishlanmalarini uzatishi imkoniyatlarini beradigan qonun qabul qilinadi. Kichik korxonalarga juda ko’p yarim davlat tashkilotlari bo’lgan Savdoxizmatlarisiyosatibo’yichaQo’mita, Prezident xuzurida xususiytadbirkorlikbo’yicha maxsus komissiya, sanoat raqobatbardoshligi masalalari bo’yicha
komissiya va boshqalar xizmat qiladilar.
Kichik korxonalarga AQSh juda ko’p miqdordagi ijtimoiy tashkilotlar yordam beradi:
qishloq xo’jaligi, savdodagi turli xil uyummalar, kulublar, guruhlar va h.k. AQSh-da kichik korxonalar soliq imtiyozlaridan foydalanmaydilar, ular subsidiya, dotatsiya, moliyaviy kafolatlar yo’li bilan qo’llab-quvvatlanib turadilar.