Xalqaro lizing, ko’pincha bu moliyaviy lizing bo’lib, bunda bir tomonda - chet el xamkori (sherigi) turadi. Bunday lizingni ikki turi mavjud: import lizing; bunda uning ob’ekti bo’lib chet eldan yuborilgan mulklar hisoblanadi; va eksport lizing. Bunda ijara ob’ekti xorijiy iste’molchilarga tegishli bo’ladi. Agar bitim ishtirokchilari uch xil davlatda turgan bo’lsalar, u holda bunday lizing ham xalqaro tusda bo’ladi.
Jahon iqtisodiyotida lizing
Lizing 50-yillarda Amerikada va 10 yil keyin §arbiy Evropa davlatlarida paydo bo’ldi. Amerikada 80-yillarda lizing atom elektr stantsiyalari, gaz quvurlari, avtomobil zavodlari va boshqa yirik ob’ektlarni qurishda faol ravishda qo’llanildi.
Rivojlangan mamlakatlarda mashina va uskunalarning 15-20 % lizing yo’li bilan moliyalashtiriladi. Ayniqsa Bolgariya va Xitoyda lizing operatsiyalari faollik bilan amalga oshirilmoqda.
Amerikada ishlatilayotgan EXM, poligrafiya va energetika dastgohlarining ko’pgina qismi lizing sharti bilan keltirilgan. Bu erda yuk ko’taruvchi- transport dastgohlari uchun ijara (lizing) slamog’i 58 foizni, pasajir samalyotlari uchun - 50 foizni tashkil etadi. Bunday operatsiyalar bo’yicha bu davlat dunyoda yuqori o’rinda turadi.
Hozirgi vaqtda lizing yordamida amalga oshiriladigan jaxon savdo oborotining teng yarmi AQSh hissasiga to’g’ri keladi.
Yaponiya- lizing operatsiyalari rivojlangan mamlakat hisoblanadi.
Yaponiyada lizing operatsiyalari har yili 25-30 foizga ko’payib boradi.
Germaniyada ham ko’plab lizing kompaniyalari bo’lib, ulardan 57 tasi nemis lizing assotsiatsiyasi tarkibiga kiradi.
Italiyada birinchilizing komapniyasi 1963 yilda paydo bo’ldi. Hozirgi kunda Italiya lizing assotsiatsiyasi 50 ta kompaniyani o’z ichiga oladi. Lizing operatsiyalarini dunyo amaliyotida tez o’sib ketishi ularni mehnat vositalari va ko’chmas mulkni odatdagi kredit bitimi natijasida qarzga olingan pulga sotib olishga nisbatan afzalliklari bilan belgilanadi.
Velikobritaniyada ijaraga topshiriladigan turli xil mashina va uskunalardan 25
% dan 100 % gacha, xorijiy lizing operatsiyalari uchun barcha xil tovarlarga 10 % miqdorni tashkil etadi.