Lizing qo’llash bizning mamlakatimizda 1989 yildan korxonalarni ijaragao’tkazishdavridanboshlandi. O’zbekistonda lizing biznesini rivojlanishini o’rganish ko’rsatadiki, lizing operatsiyalarini kommertsiya va koperativ banklari amalga oshira boshlagan edilar. Ular 1990-1992 yillar mobaynida lizing operatsiyalarini 4,2 marta oshirdilar, ya’ni 1,7 mln. rubldan 7,5 mln. rublgacha. ShungaqaramaylizingoperatsiyalariniamalgaoshirishhalibizningRespublikamizdaetarlirivojlanmadi. Lekin kichik beznes korxonalarini yaratilishiga O’zbekistonda keng yo’l berilishi, ularni davlat tomonidan har tomonlama qo’llab-quvvatlanishi va shunga yarasha qonuniy asoslarni yaratilishi kichik texnik vositalariga bo’lgan talabni oshirib boradi. Natijada lizing operatsiyalari jarayoni ham muttasil o’sib, ko’payib boradi.
Kelajakda ijaraga beruvchilar soni shubxasiz kengayib, boradi, yirik sanoat korxonalari o’zlarining lizing bo’limlarini, banklar esa aktsionerlik asosida lizing firmalarini ochadilar.
Rivojlangan bozor munosabatlari sharoitida dastgohlar ishlab chiqaruvchi korxonalar, ularni sifatini yaxshilab borish bilan bir qatorda kelajakdagi iste’molchilarga o’z maxsulotlarini olishning yanada qulay, foydali moliyaviy sharoitlarini taklif etadilar. Banklar odatda uzoq muddatli kreditlashdan farq qiladigan ilg’or texnologiya asosida marketing va ishlab chiqrishni tashkil etishning qo’shimcha xizmatlarini ko’rsatish bilan yangi ilg’or shakllarini taklif etadi. Chet elamaliyoti tajribalari ko’rsatadiki, lizing firmalarini bank ixtiyorida (bankda)yaratishko’proqmaqsadgamuvofiqdir.Cheteldako’pchilikshundaykompaniyalaryirikkommertsiyabanklariningshu’ba(docherniy)jamiyatlaridir. Fikrimizcha, biz ham yirik aktsionerlik kommertsiya banklari vaularningturliregionlardagifiliallariixtiyoridalizingfirmalariniyaratishyo’lidanborishimizzarur. Bizning respublikasizda ularni yaratishda ixtisoslashgan AT «Paxtabank» va AT «O’zsanoatqurilish» banki etakchi rol o’ynashi lozim. Ularning mijozlari - sanoat, qurilish, agrosanoat tashkilotlari-lizing kompaniyalari yaratishda ham
operatsiyalarni amalga oshirishda sherik (partner) bo’lishlari mumkin. Lizing kompaniyalarini xususiy kapital ishtirokchilari vznoslari hisobiga aktsionerlik asosida yaratiladi.
Lizing tashkilotlari resurslarining boshqa manbalari bo’lib, valyuta bilan birgalikda, kreditlar bo’lishi kerak (albatta, foizda beriladi).
Lizing kompaniyasi ishtirokchilari o’rtasida sof foyda aktsionerlarning o’z mablag’laridagi yoissalari (ulushlariga) ko’ra taqsimlanadi. Ijara to’lovi ko’rinishidagi daromad faqat firma foydasini oshiribgina qolmay, balki uni ta’sis etuvchilar (tashkil etuvchilar) ning ham foydasini oshiradi.