Moliya Instituti E. Egamberdiev X



Yüklə 349,51 Kb.
səhifə86/98
tarix26.01.2023
ölçüsü349,51 Kb.
#80954
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   98
Kichik biznes

Bunday vazifalarni hal etish yo’llaridan biri – bu Respublika Vazirlar Mahkamasining 9 noyabr 1995 yildagi 427 t.r. «O’zbekistonda bank tizimini rivojlantirishning Kompleks dasturini amalga oshirish choralari to’g’risida»gi Qarorida ko’rsatilgan universal lizing kompaniyalarini yaratish hisoblanadi.


    1. Ijara to’lovlari va uni moliya lizingui shartnomasiga ko’ra hisoblash.

Lizing lizing oluvchiga dastgohlar foyda keltira boshlagandan so’ng ijara haqini to’lash imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, lizing eng zamonaviytexnikadan foydalanib kapital qo’yilmalarini bekor turishini oldini olgan xolda oqilona texnika siyosatni olib borish imkoniyatini beradi.


Lizing asosiy kapitalni tezroq yangilash imkoniyatini bergani uchun (odatda, lizingga eng yangi yuqori unumdorlikka ega bo’lgan dastgohlar topshiriladi) davlat lizingni rivojlanishidan manfaatdordir. Hozirgi vaqtda O’zbekiston Respublikasida lizing yo’li bilan AQShning «Keys» firmasidan 1543 dona yuqori unumdorlik er xaydovchi traktorlarni, 823 ta don yig’uvchi kombaynlarni va paxta teruvchi texnikalarni (shulardan, 151 va 4 tasi Qoraqalpog’iston Respublikasida) qabul qildi. AQShning «Keys» firmasidan qabul qilingan texnikalar lizing qiymatini (AQSh dollarida) hisoblab ko’ramiz.
Shuni aytish kerakki, lizing haqini shartnomaga ko’ra to’lash muddati 10 yildan kam yoki bo’lib o’zgarsa, texnikaning yillik unumdorligi ni ko’payshi yoki kamayishi va AQSh dollari kursini o’zgarishi munosabati bilan 1 ga yoki 1 tn. Bajarilgan ish uchun lizing qiymati to’lovlari ham o’zgaradi.
O’zbekistonda yuqori unumdorli texnikatexnika AQShning «Keys» firmasidan
«O’zqishxo’jta’minottuzatish» tashkilotining qishloq xo’jalik korxonalariga mashina- traktor parklari (MTP) tomonidan agrotexnik servis xizmati ko’rsatish uchun sotib olingan.
8- jadval.

Lizing qiymatini hisoblash (AQSh dollarida)







Ko’rsatkichlar

«Magnum» traktori plugi bilan

Don teruvchi kombayn
«Keys-2166»

Paxta teruvchi kombayn
«Keys-2022»

1.

Kontrakt bo’yicha qiymati

119656,82

144725

130659,04

2.

Kontrakt qiymatidan 5 % qo’shimcha

5982,94

7236,25

6532,95

3.

Qo’shimcha to’lovlardan 17 % QQS.

1011,1

1230,16

---

4.

Sug’urta bo’yicha to’lov

8278,41

10354,26

---

5.

Kredit bo’yicha to’lov

20059,17

32765,51

13065,89

6.

Texnika qiymati (1+2+3+4+5 qatorlar)

154994,44

196311,18

150257,89

7.

10 yillik lizing bo’yicha har yiliga to’lovlar 10 % dan

15499,44

19631,12

15025,79

8.

Yillik unumdorlik, ga/tn.

2000

750

400 tn.

9.

Lizing bo’yicha 1 ga uchun to’lovlar AQSh dollari

7,7

26,17

37,56

10

1 dekabr 2003 yil xolatiga 1 doll. Kursi –
138 so’m

1062,60

3611,46

5183,28

Moliya lizingi bo’yicha to’lovlarni hisoblashning shartli misolini ko’ramiz.
Uch tomonlama shartnoma asosida lizing firmasi o’zining o’z
mijozi ijarasi uchun 620 mln. so’mlik texnika (mashina) sotib oldi. Amortizatsiya muddati- 8 yil, kredit to’lovi yiliga 4 foiz, lizing stavkasi (lizing firmasini ustama harajatlarini qoplash uchun) 0,5 foiz. Partnerlar (sheriklar) har kvartalda vznos to’lab turishga kelishganlar.
Keltirilgan ma’lumotlar asosida lizing firmasini har kvartaldagi birinchi vznosi 390 mln. s., jumladan texnikadan ishlab chiqarishda foydalanish uchun ijara to’lovi 31 mln..so’mga teng.
Bularni hisoblash uchun 5 yilgacha har kvartalda 20 ta to’lov bo’lishini va texnika qiymatini 620 mln.sumni 20 ta to’lovga taqsimlab 31 m.s. hosil bo’lishini bilishimiz zarur; dastgohlar qiymatidan har yili 4 foiz stavkada (620:4 foiz=1550 mln. so’m: 4 kv. =387,5 s) 387,5 s kredit uchun mablag’ ajartilishini; 0,5 foiz miqdordagi lizing stavkasi summasi 3100 so’mga teng bo’lishini bilishimiz zarur. (620 mln.sum. x 0,:foiz=3100 mln sum). Shunday qilib har kvartaldagi vznos 34487,5 (3100-387,5-3100), bir yilga esa 137950 mln.s. (3100-4kv-387,5 x 4 kv-
3100 x 4 kv)-(124000-1550-12400) bo’ladi, boshqacha qilib aytsak ijarachi olgan texnikasini 5 yil ishlatish mobaynida dastgohlar qiymatini to’liq qoplaydi. (137950 x
5 yil =689750 so’m) va bunda atigi faqat kredit uchun to’lov xarajatlari qiladi xolos: (1550 x 5=7750 va 12400 x 5=62000 mln. s.). Kredit uchun to’lov harajatlari – 62000 mln. s.ni tashkil etadi.



Yüklə 349,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin