Ko’pincha ohirgi sababni muhim deb biladilar. Aslida bunday emas. Biznesingiz bilan bog’liq bo’lgan eng muhim narsa, ayniqsa kimningdir pulini olish xoxishi bo’lganda, bu menedjment. Qisqasi-bu Sizsiz.
Ko’pgina tadbirkorlarni Biznes- rejani tuzish yo’lidagi dastlabki xarakatlari»ga faqat birinchi sabab etklab boradi.
Biznes - reja turli xil biznesmenlar, tadbirkorlar, korxonalar, firmalar va boshqalar yoki turli xil mulk shaklida bo’lib turli xil xizmatlarni bajarish, har xil sifatdagi, xajmdagi, turlicha vaqtda maxsus ishlab chiqarishga xoxishi bo’lgan xodimlar nuqtai nazaridan qaraladi.
Biznesolamidagitug’ilganyangifikrlarni,yangixoxishnio’zvaqtidasaqlabqolibunihaqiqatgaaylantirishfoydadanxolibo’lmaydi. Biznes sohasidagi yangi fikrlar miyaga har qanday sharoitda va xolatda keladi. Masalan, nonushta vaqtida yoki samalayotda uchayotganingizda , ta’tilda plyajda cho’milish vaqtida yoki muvaffaqiyatsizlikka uchraganda va hokazo.
Shundan so’ng, munozaralar, izlanishlar, o’z-o’zini taxlil qilish va boshqalardan so’rab-surishtirishlar jarayonida bu fikr kurtak otadi. Mevani o’zini, shaklini yaratish xaddan tashqari faol ishlashni talab etadi.
Bola tug’ilishidan farq qilgan holda yangi biznesni tug’ilishi baxtga qarshi ma’lum muddat oralig’ida sodir bo’lmaydi. Ko’pincha asoslanmagan yangi biznes unib chiqkuncha nobud bo’lib ketadi. Amaliyotda yashab qolgan bizneslar miqdori 20% -ni tashkil etadi. Yangi biznesni xayotini ta’minlashni salmog’ini oshirish o’z qo’lingizda -faqat biznes-rejani to’g’ri tayyorlash lozim. Biznes-reja eng boshidan qattiq va ishonchli poydevorga o’rnatilishi zarur.
Agar Siz shunday rejasiz «ish» boshlasangiz o’zingiz mo’ljallagan narsaga erishaolmay qolishingiz mumkin.