Biznesmuxiti yoki firma haqidagi ma’lumotlar. Rejaning bu qismida biznesning mohiyati va bajaradigan ishlarining yo’nalishlari ko’rsatiladi. Siz biznesni qaysi shaklini amalga oshirish ma’lum ekanligini hal etishingiz zarur. Buni uchta varianti bor:
-yakka xo’jalik mulki asosida;
-sheriklik( partnerlik) asosida;
-korporatsiya tashkil etish asosida.
Bu yo’llarning har birini kamchiliklarini va avzalliklarini taxlil qilib chiqishingiz zarur, chunki Sizning firma yoki kompaniyangizni ro’yxatdan o’tkazish, Sizni kelajakdagi faoliyatingizga litsenziya olish jarayonlariga ta’sir etadi.
Mahsulotni iste’molchiga (bozorga) etkazish biznes- rejaning eng asosiyqismidir. Uni tayyorlash uchun kuch va mablag’larni ayamaslik zarur. Tajriba ko’rsatadiki, bozorni etarli darajada o’rganmaslik natijasida ko’pgina kommertsiya loyixalari vaqt o’tishi bilan barbod bo’lgandir.
Eng avvalo Sizning uyangiz bozorda qanday o’rin tutishini yuzaga chiqarish zarur bo’ladi. Agar Siz xaridor raqobatchilaringiz taklifiga qaramay, mahsulotingizdan voz kechmay uni mutassil xarid qiladigan bahosini aniqlab olsangiz Siz bozorni o’rganishdagi vazifalaringizni maksimal darajada bajargan bo’lasiz.
Bozorni tovar bilan ta’minlash biznes uchun sharoit yaratish demakdir.
Marketing ishlari va mahsulotni sotish rejasi.
Biznes-rejaning bu qismi sotiladigan maxsulot hajmini va unga qanday qilib erishish mumkinligini ko’rsatadi. Buerda Siz o’zingizning haqiqiy, doimiy mijozlaringizga o’z xizmatlaringiz va tovarlaringiz to’g’risida qanday qilib so’zlab berishingiz, maxsulotni qanday etkazib borishingiz va Sizni o’z raqaobatchilaringizdan nimangiz yaxshi ekanligi yoritiladi. Marketing rejasining asosiy elementlari quydagilar:
-mahsulotni tarqatish sxemasi, tarkibi;
-bahoni shakllantirish;
-reklama;
-sotishni rag’batlantirish usullari;
-mahsulot sotilgandan so’ng mijozlarga ko’rsatiladigan xizmatlarni tashkil etish. (texnikaviy tovarlar uchun);
-o’z firmangiz va tovarlaringiz haqidagi ko’pchilikning fikrini shakllantirish..
Biznes-rejani kelajakdagi sheriklar bilan muxokama qilayotganda uyalib qolmaslik uchun savollarga beriladigan javobni Siz yoddan bilishingiz zarur.
Raqobat rejasi- rejaning bu qismida Siz maxsulotingiz borib tushadigan bozordagi raqobat to’g’risidagi bilganlaringizni o’zingizning potentsial sheriklaringizga va investorlarga ma’lum qilishingiz zarur. Siz quyidagi savollarga aniq javob berishingiz zarur.
-xuddi shunga o’xshash tovarlarni yirik ishlab chiqaruvchilar kimlar?
-ularning ishlari qanday?: mahsulotni sotish hajmi, daromadi, yangi modellarni qo’llash, texnikaviy servis ishlari. Ular o’z buyumlarini reklama qilishga ko’p ahamiyat beradilarmi, yo’qmi; qancha mablag’ sarf etadilar;
-raqobatchilarning mahsuloti haqida tavsilotlar, sifat darajasi, dizayni, xaridorlar fikri qanday?
-rag’obatchilar mahsulot bahosining darajsi, ularning baho sisati (umumiy tarzda bo’lsa ham).
Bu savollarga javob berishda haqiqatdan qochmaslik va xatoga yo’l qo’ymaslik zarur.