Moliya Instituti E. Egamberdiev X



Yüklə 349,51 Kb.
səhifə93/98
tarix26.01.2023
ölçüsü349,51 Kb.
#80954
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   98
Kichik biznes

Biznes-reja tuzish uchun unda ishtirok etuvchilardan katta bilim, ma’lumotlar, bozorni, yangi taxnologiyani va hokazolarni bilishni talab etadi. Biznes - reja tuzishda ba’zi-bir kamchiliklarni yashirib ketish hisob-kitob ishlarini chalkashtiradi, natijada korxona faoliyatini yomonlashib ketishiga sabab bo’ladi. Biznes-reja tuzishda eng avvalo yaqin va uzoq muddatdagi maqsadlarni aniqlab olish zarur.

Biznes-rejani tayyorlash quyidagi maqsadlarni taqazo etadi:


  1. Rahbarlarga korxonani to’g’ri boshqarish;

  2. Bozor iqtisodiyotida biznesni amalga oshirishga o’rgatish;

  3. Korxonaning haqiqiy faoliyatini baholash va rejaga o’zgartirishlar kiritish;

  4. Banklar, investorlar va kreditorlarni korxona faoliyatiga baho berish uchun ma’lumotlar bilan ta’minlash.

Biznes-rejani tayyorlashda juda katta ma’lumotlarga ega bo’lish lozim.


Bular quyidagilar:
-korxonaning startegik maqsadlari;
-korxonani maqsadga erishish yo’lidagi xarakati (taktikasi) yoki maqsadiga qanday qilib erishadi;
-korxona ishlayotgan sharoitni o’rganish, taxlil qilish;
-korxonani kuchli va kuchsiz tomonlarini taxlil qilish;
-mahsulot (xizmat)larga bo’lgan talabni o’sishi va pasayishini prognoz qilish;
-korxona faoliyatidan kutiladigan natijalar;
-korxona uchun zarur resurslar, ularning manba’lari;
-korxona faoliyati rejasi;
-natijalarni aniqlash;
-korxona faoliyati natijalarini nazorati.
Rejani tayrlash uchun bozorni taxlil qilish zarur. (marketing): iste’molchilarga xarakteristika berish (ularni yoshi, jinsi, daromadi, mahsulotni iste’mol qilish xajmi va boshqalarga); iste’molchilarni joylashgan eri; tovarlarga talabni o’zgarib turishi; xarid qilishi qobiliyati; mahsulot sifatidan xaridorlarni qoniqish hosil qilish; tovarni haridorlarni o’ziga jalb qila bilish; mahsulotni sotish va vaqtidagi korxonani baho siyosati; mahsulotni sotish hajmi, miqdori (darajasi), bozordagi xaridorlarni segmentlarga (tabaqalarga) bo’lib mahsulot sotishni rejalashtirish. Undan so’ng raqobatchilarni taxlil qilinadi. Buna kompaniya, firmalar bo’yicha bozor xizmati, mahsulot (xizmatlarni) xususiyatlari, ularni taqsimlash, etkazish, reklama ishlari, mahsulotni iste’molchiga etkazish bahosi, raqobatchilarni kuchli va kuchsiz tomonlari taxlil qilinadi.

Yüklə 349,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin