Foyda,daromadto’g’risidatushunchavaunihisoblashtartibi. Ishlab chiqarish samaradorligini har tomonlama oshirish iqtisodiyotni hozirgi bosqichida rivojlantirishning eng muhim
xo’jalik vazifasidir.
Bu vazifani hal etish maksimal foyda bergan mahsulot hajmining optimal yo’llarini tanlash bo’yicha qilinadigan ishlarni davom ettirish bilan bog’liqdir. Foydani maksimallashtirish to’g’risidagi taxminlar makroiqtisodiyotda ko’p ishlatiladi. Chunki uning yordamida korxona va firmalaning xatti-harakatlarini (faoliyatini) aniq bashorat qilish va keraksiz murakkab analitik hisoblashlardan voz kechish mumkin.
Foyda-ishlabchiqarishsamaradorliginingengmuhimko’rsatkichidir. “O’zbekiston Respublikasidagi korxonalar to’g’risida”gi O’z.R-si qonunining (1991
y. 15 fevral) 18-moddasida “Xamma turdagi korxonalarda xo’jalik faoliyatining
moliyaviy natijalarini umumlashtiruvchi asosiy kursatkich foyda (daromad)dir” – deb ko’rsatilgan. Ushbu qonunning 24-moddasida: “Foyda (daromad), amortizatsiya ajratmalari, qimmatli qog’ozlarni sotishdan tushgan pul, mehnat jamoasi a’zolarining, korxonalar, tashkilotlar, fuqarolarning pay va o’zga badallari, shuningdek boshqa tushumlar korxona moliyaviy resurslarini tashkil etuvchi manba’lardir”, - deb yozib qo’yilgan. Foydavadaromadtushunchalaribirxilemas. Daromad miqdori foydadan kattadir. Korxonaning xo’jalik faoliyatidan olingan daromad uning hisobiga kuyidagi qismlar bo’yicha qo’shiladi:
Mahsulotni sotishdan kelgan sof tushum.
Asosiy faoliyat natijalardan kelgan daromad.
Moliyaviy faoliyatdan kelgan daromad.
Favqulotdagi xolatlardan kelgan foyda.
Ularning tarkibi to’g’risida batafsil ma’lumotlarni “Mahsulotni (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida”gi Qo’llanmadan topish mumkin (Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5
fevraldagi 54-sonli Qarori bilan tasdiqlangan).
Mahsulot (ishlar, xizmatlar) sotishdan kelgan tushum O’z.R-ning buxgalterlik hisobi to’g’risidagi Qullanmaga muvofiq topiladi. Sotilganmahsulotdankelgan softushum-budaromaddir. Mahsulot sotishdan kelgan sof tushumni aniqlash uchun (ishlar, xizmatlar) sotishdan kelgan tushumdan qo’shilgan qiymat solig’i (QQS), aktsizmar qiymati, chetga chiqarilgan mahsulot solig’i kabilar ayirib tashlanadi. Xuddi shu sotilganmahsulotdan olingan sof tushum ko’rsatkichi korxonani o’z ixtiyorida bo’lgandaromadiniko’rsatadivabudaromadundankeyingibarchaturdagifoydako’rsatkichlarinihisoblashuchunasosbo’libhizmatqiladi.
Foyda turlari quyidagilar:
Yalpi sotishdan ko’rgan foyda.
Asosiy faoliyatda ko’rgan foyda.
Umumiy xo’jalik faoliyatidan ko’rilgan foyda.
Soliq to’lagunga qadar bo’lgan foyda.
Sof foyda («Moliyaviy natijalar hisoboti» shakl-2)