Moliya Instituti E. Egamberdiev X


Asosiy iboralar va tushunchalar



Yüklə 349,51 Kb.
səhifə87/98
tarix26.01.2023
ölçüsü349,51 Kb.
#80954
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   98
Kichik biznes

Asosiy iboralar va tushunchalar.


  1. Lizing – bank kreditiga al’ternativ ravishda kapital qo’yilmalarini moliyalashtirishning, ijaraga beruvchining mulkka egalik qilish huquqini saqlab qolgan holda mashina va dastgohlarni uzoq muddatga ijaraga berishning o’ziga hos yangi shaklidir.

  2. Ijara – shartnomaga ko’ra mulk egasi (ijaraga beruvchi) u yoki bu sub’ektga (arendatorga – korxona, oila, aloxida shaxsga) ma’lum miqdorda haq (to’lov uchun) o’z mulkini vaqtincha foydalanishga va qisman egalik qilishga topshirishdir.

  3. Lizing shartnomasi kelishuv (bitimning) asosiy shartlari, tomonlarning huquq va majburiyatlari bayon etiladigan va lizing jarayonlarida ishtirok etuvchilar o’rtasida 3 tomonlama (oldi-sotdi-ijara) uch tomonlama tuziladigan shartnomadir.

  4. Operativ lizing – bu shunday ijara munosabatlariki, bunda dastgohlar (mulk) amartizatsiya muddatidan kamroq muddatga ijaraga olinadi. Bu muddat tugagandan so’ng ijarachi mulkni ijaraga bergan egasiga topshirishga haqli.

  5. Moliyaviy lizing shartnoma muddati mobaynida ijarachi ijaraga olingan mulkning to’liq qiymatini to’laydi.

  6. LIZ-BEK” – uning o’ziga tegishli mulkning bir qismini bir vaqtning o’zida uni ijaraga olish to’g’risidagi shartnomaga imzo chekib lizing firmasiga sotishdir. Bunday operatsiyada faqat 2 kishi (2 tomon) ishtirok etadi.
  1. BOB. BIZNESNI REJALAShTIRISh.



    1. Biznes rejani tuzishning ob’ektiv zaruriyati va ahamiyati.

«Kichik biznes bo’yicha qo’llanma» kitobining mualliflaridan biri bo’lmish Gustav Berl biznes rejaga quyidagicha tushuncha beradi: «Muvaffaqiyatni ta’minlaydigan biznesni rejalashtirish va amalga oshirish uchun ba’ribir biznes- reja zarur bo’ladi. Keyingi yillarda biznesmenlar o’rtasidda biznes- reja to’g’risidagi gaplar xuddi bir yangilik ixtiro qilingandek ko’payib ketdi. Bu o’zi nima? Bu o’zingizni biznesingizni yashashini asoslashdir, bu biznesingizni gullab-yashnab ketishi uchun tanlanadigan yo’l xaritasi, o’z korxonangizni qurilishi uchun zarur bo’lgan asosiy xujjat va shuningdek bankdan kredit olish uchun imkoniyat yaratadigan kalitdir.
Hayotbaxsh, to’liq, ishonarli biznes-rejasiz Siz ishga ishqiboz sifatida, tusmollab va xatolarga yo’l qo’yib kirishasiz. Biznes- rejaga ega bo’lsangiz Siz professional bo’lib ketasiz. Ya’ni o’z ishingizni ustasi bo’lasiz. Biznes-reja Sizni boylikka etaklab boradi. Boylik Siz inkor qilmoqchi bo’lgan muammolarni xal etadi. Lekin muammolarni yuzaga chiqarish, xal etish - bu xal qilib bo’lmaydigan ish emas, bu- faqat qo’shimcha izlanishlar olib borish uchun, yangi bilimlar olish va yanada sinchikovlik bilan ishlash, to’la tashabbus va Sizning intellektingiz, masalani oxirigacha xal etmaguncha davom etadigan ishlarga shamadir.
Biznes-reja Sizda tug’ilayotgan biznesning yuragidir».

Yüklə 349,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin