Moliya Instituti E. Egamberdiev X


Lizing qo’llash bizning mamlakatimizda 1989 yildan korxonalarni ijaraga



Yüklə 349,51 Kb.
səhifə83/98
tarix26.01.2023
ölçüsü349,51 Kb.
#80954
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   98
Kichik biznes

Lizing qo’llash bizning mamlakatimizda 1989 yildan korxonalarni ijaraga o’tkazish davridan boshlandi. O’zbekistonda lizing biznesini rivojlanishini o’rganish ko’rsatadiki, lizing operatsiyalarini kommertsiya va koperativ banklari amalga oshira boshlagan edilar. Ular 1990-1992 yillar mobaynida lizing operatsiyalarini 4,2 marta oshirdilar, ya’ni 1,7 mln. rubldan 7,5 mln. rublgacha. Shunga qaramay lizing operatsiyalarini amalga oshirish hali bizning Respublikamizda etarli rivojlanmadi. Lekin kichik beznes korxonalarini yaratilishiga O’zbekistonda keng yo’l berilishi, ularni davlat tomonidan har tomonlama qo’llab-quvvatlanishi va shunga yarasha qonuniy asoslarni yaratilishi kichik texnik vositalariga bo’lgan talabni oshirib boradi. Natijada lizing operatsiyalari jarayoni ham muttasil o’sib, ko’payib boradi.
Kelajakda ijaraga beruvchilar soni shubxasiz kengayib, boradi, yirik sanoat korxonalari o’zlarining lizing bo’limlarini, banklar esa aktsionerlik asosida lizing firmalarini ochadilar.
Rivojlangan bozor munosabatlari sharoitida dastgohlar ishlab chiqaruvchi korxonalar, ularni sifatini yaxshilab borish bilan bir qatorda kelajakdagi iste’molchilarga o’z maxsulotlarini olishning yanada qulay, foydali moliyaviy sharoitlarini taklif etadilar. Banklar odatda uzoq muddatli kreditlashdan farq qiladigan ilg’or texnologiya asosida marketing va ishlab chiqrishni tashkil etishning qo’shimcha xizmatlarini ko’rsatish bilan yangi ilg’or shakllarini taklif etadi. Chet el amaliyoti tajribalari ko’rsatadiki, lizing firmalarini bank ixtiyorida (bankda) yaratish ko’proq maqsadga muvofiqdir. Chet elda ko’pchilik shunday kompaniyalar yirik kommertsiya banklarining shu’ba (docherniy) jamiyatlaridir. Fikrimizcha, biz ham yirik aktsionerlik kommertsiya banklari va ularning turli regionlardagi filiallari ixtiyorida lizing firmalarini yaratish yo’lidan borishimiz zarur.
Bizning respublikasizda ularni yaratishda ixtisoslashgan AT «Paxtabank» va AT «O’zsanoatqurilish» banki etakchi rol o’ynashi lozim. Ularning mijozlari - sanoat, qurilish, agrosanoat tashkilotlari-lizing kompaniyalari yaratishda ham
operatsiyalarni amalga oshirishda sherik (partner) bo’lishlari mumkin. Lizing kompaniyalarini xususiy kapital ishtirokchilari vznoslari hisobiga aktsionerlik asosida yaratiladi.
Lizing tashkilotlari resurslarining boshqa manbalari bo’lib, valyuta bilan birgalikda, kreditlar bo’lishi kerak (albatta, foizda beriladi).
Lizing kompaniyasi ishtirokchilari o’rtasida sof foyda aktsionerlarning o’z mablag’laridagi yoissalari (ulushlariga) ko’ra taqsimlanadi. Ijara to’lovi ko’rinishidagi daromad faqat firma foydasini oshiribgina qolmay, balki uni ta’sis etuvchilar (tashkil etuvchilar) ning ham foydasini oshiradi.

    1. Yüklə 349,51 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin