Moliya Instituti E. Egamberdiev X


Dunyo iqtisodiyoti amaliyoti



Yüklə 349,51 Kb.
səhifə82/98
tarix26.01.2023
ölçüsü349,51 Kb.
#80954
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   98
Kichik biznes

Dunyo iqtisodiyoti amaliyoti, lizingni kapital quyilmalarini moliyalashtirish, aniqrog’i loyihalardan investitsiya qilish vositasi sifatida yuqori samaradorlikka ega
ekanligini ko’rsatadi. Masalan, 70-yillarda AQShda milliy ishlab chiqarish parkidagi barcha mashina va dastgohlarni qisqa vaqt mobaynida yangilanishi lizing yordamida amalga oshirilagan edi. 1973-1974 yillardagi energetikadagi krizis tufayli bahoni o’sishi natijasida tezda ma’naviy eskirgan asosiy ishlab chiqarish fondlari asosan lizing hisobiga yangilangan edi.
70-yillar boshida dunyodagi ko’pgina etakchi banklar o’zida mahsus bo’limlar yoki kompaniyalarni ochdi. Ular mehnat vositalarini sotib olib turli xil kompaniyalarga ijaraga berishni boshlagan edilar. Masalan, «Siti benk» o’zining lizing kompaniyasi va rivojlangan kapitalistik mamalkatlardagi shu’ba filiallari orqali
«Interneshnl Xarvestr» korporatsiyalsining yuqori quvvatli traktor texnikasini ijaraga bera boshlagan edi. 80-yillarda esa odatdagi texnikalarni ham ijaraga berilishi yo’lga qo’yildi. Mutaxassislarning hisobi bo’yicha korporatsiyalarning 10 foiz tarktori iste’molchiga banking lizing kompaniyasi orqali borib tushadi. «Daymler Bents», «Siti Benk» va «Cheyz manxetten», «Benk» yuzida (v litse)
«Daymler Bents», «RENO», «Volvo» nomli §arbiy Evropa transnatsional korporatsiyalari amerika bozoriga kirib borishi uchun katta quvvatdagi bazaga egadirlar. Banklarning lizing kompaniyalari faoliyatida ular texnikasini ijaraga olish muhim o’rin egallaydi. §arbiy iqtisodchilar hisobi bo’yicha 80-yillarning birinchi yarmida dunyoning 60 ta mamlakatida lizing kompaniyalari bor edi. Ular rivojlanayotgan mamlakatlarda operatsiyalar olib borar edilar.
Lizing har bir alohida korxonada va butun mamlakatda mashina va dastgohlar parkini tezda yangilashga imkon beradi. Bizning iqtisodiyotimiz uchun bu vazifani hal etilishi muhim ahamiyatga egadir, chunki bizda 50 foizdan ko’p asosiy ishlab chiqarish fondlari emirilgan. Chet el qurilish texnikasi, dastgohlarini, turli xil tarmoqlar uchun zarur bo’lgan mehnat vositalarini qo’llash O’zbekiston Respublikasidagi korxonalar iqtisodiy va moliyaviy axvolini yaxshilaydi. Shu bilan bir vaqtda eksport uchun ham mahsulotimiz bir qismini jo’natish ham muhim iqtisodiy ahamiyatga egadir.

Yüklə 349,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin