Dastlabkidavrlarda O’zbekistonda lizing to’g’risidagi huquqiy hujjatlarni yo’qligi shu shakldagi tadbirkorlik faoliyatini sust rivojlanishiga olib keldi. Shunday sharoitda ham O’zbekistonda bir qancha lizing kompaniyalari faoliyat ko’rsatdi. Masalan, «O’zbeklizinginterneshnl» AK (1995 y. yanvarda tashkil etgan),
«O’zKeysagromlizing» qo’shma korxonasi (1997 y. 27 fevralda yaratilgan),
«Baraka» universal lizing kompaniyasi (1995 y. 9 noyabrda yaratilgan) va boshqalar.
Ikkinchidavrda lizing faoliyati xuddi ijaraga o’xshash amalga oshirildi. Bunda lizing to’g’risida maxsus normativ va qonuniy aktlar bo’lmagan. Bunday noaniqlik lizing jarayonida ishtirok etuvchilarning tavakkalchilik darajasini oshirib yuborgan. Natijada tashabbuskorlik, xorijiy investorlarning moliyaviy imkoniyatlarini amalga oshirish cheklanib qolgan edi. Tavakkalchilikdan zarar ko’rib qolmaslik uchun, masalan «O’zKeyslizing» qo’shma korxonasi xalqaro lizingga murojat qilgan va undan foydalangan. Bu korxona o’zining unumdor texnikasini 20
% haqini oldindan to’lash va qolgan 80 %-ni 5 yil ichida qaytarish sharti bilan lizingga bergan.
Uchinchidavr lizing haqida maxsus me’yoriy-huquqiy xujjatlarni yoki bu sohaning qonuniy asoslarini faollik bilan yaratish davri bo’ladi.
Hozirgi vaqtda lizing faoliyatini boshqaruvchi me’yoriy-huquqiy aktlar etarli darajada qabul qilingan. Bundan tashqari O’zbekiston Respublikasi 2000 yilning may oyida xalqaro moliyaviy lizing haqidagi Ottava Konventsiyasiga qo’shildi.
Hozirda O’zbekistonda lizing munosabatlarini huquqiy bazasi bo’lib quyidagi xujjatlar hisoblanadi:
O’zbekiston Respublikasida «Lizing to’g’risida»gi Qonuni;
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 28 avgust 2002 yildagi «Lizing tizimini rivojlantirishni yanada rag’batlantirish to’g’risida»gi Farmoni;
28 may 1988 yili Ottavada Xalqaro Moliyaviy lizing bo’yicha tuzilgan Konventsiya;
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 424-sonli 2 noyabr 2002 yildagi «Qishloq xo’jaligi texnikasini lizing sharti bilan ta’minlash to’g’risida»gi Qarori;
O’zbekiston Respublikasi banklari tomonidan lizing operatsiyalarini amalga oshirish tartibi (MB. №327).