Moliya Instituti E. Egamberdiev X



Yüklə 349,51 Kb.
səhifə80/98
tarix26.01.2023
ölçüsü349,51 Kb.
#80954
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   98
Kichik biznes

Operativ (tezkor) lizing - bu shunday ijara munosabatlariki, bunda dastgohlar (mulk) amortizatsiya muddatidan kamroq muddatga ijaraga olinadi. Arendator (ijarachi) mulkni o’z ixtiyoriga ma’lum muddatga yoki bir ishlab chiqarish davriga oladi; odatda shartnoma besh yil muddatga tuziladi. Bu muddat tugagandan so’ng ijarachi to’lovni to’lashni to’xtatishga va mulkni ijaraga bergan egasiga topshirishga haqli, yoki shartnomani yangitdan tiklash, yoki shartnomani tuzish vaqtidagi kelishilgan bahoda dastgohlarni sotib olishi mumkin.
Moliyaviy lizingda ijarachi shartnoma amal qilinadigan davr mobaynida ijaraga bergan tomonga (mulk egasiga) ijaraga olingan mulkning to’liq qiymatini (to’liq amortizatsiya summasini) to’laydi. Buning yaqqol misoli bo’lib-ko’chmas mulk lizingi hisoblanadi. Uning ob’ektlari bo’lib binolar, inshootlar hisoblanadi. Ularni ijara muddati tugagandan so’ng (20 yilgacha) ijarachiga sotib yuborilishi mumkin. Bitimning (sdelkaning) bunday turi katta miqdordagi kapital qo’yilmalarini talab etadi va odatda boshqa banklar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Qaytarib beriladigan (vozvratniy) lizing («LIZ-BEK»)- Bu uning o’ziga tegishli mulkning bir qismini bir vaqtning o’zida uni ijaraga olish to’g’risidgi
shartnoma kontraktiga imzo chekib lizing firmasiga sotishdir. Bunday operatsiyada faqat ikki kishi (ikki tomon) ishtirok etadi.
Mulkni ijaraga olgan tomon (ijarachi, arendator, yoki mulkni avvalgi egasi) va mulkka egalik qilish huquqini olgan lizing firmasi.
Bunday bitim ijarachi korxonaga ishlab chiqarishni to’xtatmagan xolatda vositalarini sotish hisobiga pul mablag’larini qaytarib olish va bo’shatilganlarini yangi kapital mablag’lari uchun ishlatish imkoniyatini beradi. Bunda yangi investitsiyalardan olingan daromad ijara to’lovlari summasidan qancha ko’p bo’lsa, bunday operatsiyalarning foydaliligi ham shuncha ko’p bo’ladi. Qaytarib olish lizing operatsiyalarining lizing korxona balansini kamayishiga olib keladi, chunki ular mulk egasini o’zgarishiga sabab bo’ladi.
Dastlabki lizing operatsiyalarini amalga oshirish qaytarib beriladigan lizingdan boshlangan. Bunday lizing qimmatbaho shaxsiy kompyuterlar va boshqa elektorn texnikalarini ijaraga berishdan boshlangan. Kommertsiya va kooperativ banklari uchun uzoq muddatli ijara katta tavaqqalchilik bilan bog’liqdir, chunki hali amaliyotda mijozni kredit olish qobaliyatini hisobga olib (ularda bunday ma’lumotlar yo’q) ish yuritish tartibi shakllanmagan. Shuning uchun hozirgacha qisqa muddatli (eng ko’pi bilan 2-3 yillik) lizing operatsiyasi ko’proq o’rin olgan.

Yüklə 349,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin